Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Shuhrat Maqsudov: “Qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik”

Shuhrat Maqsudov: “Qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik”

Baho:
+ | -

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - AGMK (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Qiyin, og‘ir o‘yin bo‘lishini bilgandik. Chunki “Nasaf”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng tarkibda uch nafar yo‘qotishga duch kelgandik. Umumiy hisobda esa, yo‘qotishlarimiz soni besh nafarga yetgandi. Shuning uchun bugun tarkibga yosh o‘yinchilarni kiritishga majbur bo‘ldik. Bu aslida yaxshi, shaxsan o‘zim ham yoshlarga imkoniyat berishni ma’qul ko‘raman. Futbolchilarga rahmat! Borlarini berib harakat qilishdi. O‘tkazib yuborilgan golda darvozamiz tomon qo‘yilgan jarima zarbasini ko‘rib chiqishim kerak. Uchrashuvni oynai jahon orqali tomosha qilgan do‘stlarimni menga bergan ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha vaziyatda jarima zarbasi qarama-qarshi tomonga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan.

Nurilloning holatini ertaga tibbiy ko‘rikdan keyin bilib olamiz. Albatta ko‘rikdan keyin javob yaxshi bo‘ladi, deb umid qilamiz. Jarohatlar ko‘payib ketdi. Superligada yuzaga kelgan tanaffus foydamizga xizmat qiladi degan niyatdaman. Futbolchilarim tiklanib oladi.

Farrux Ikromovning jarohatini davolatish uchun sarf-xarajatlarni O‘FA to‘lab berdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz. Farrux bilan o‘zimiz ham har kuni aloqadamiz, gaplashib turibmiz.

Yaratganga shukr, rahbarlarimiz futbolni juda yaxshi tushunadi. Shuning uchun bizga hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q. “Bunyodkor”ning nomi bor. O‘sha nomga mos ravishda o‘ynashni, yaxshi natijalarga erishishni maqsad qilganmiz.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 07:05, 03.10.2021.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.