Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ulug‘bek Baqoyev: «Xudo xohlasa, «So‘g‘diyona» medallardan birini qo‘lga kiritadi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Xudo xohlasa, «So‘g‘diyona» medallardan birini qo‘lga kiritadi»

Baho:
+ | -

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan «Andijon» — «So‘g‘diyona» (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Chempionat yakuniga yetib bormoqda, agar musobaqa jadvaliga qarasak «Andijon» uchun ham, biz uchun ham ochkolar kerak edi. Ikkala tomon ham tartibli o‘ynashga intildi. Albatta, durang — biz uchun yomon natija. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman, «Andijon» jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", — deydi Ulug‘bek Baqoyev.

— «So‘g‘diyona» ayni paytda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ammo shunga qaramay klubni tanqid qilayotganlar ham bor. Ularga qanday munosabatdasiz?
— Hozir musobaqa jadvalining yuqorisida ham, pastida ham poyga juda jiddiy kechmoqda. O‘ylashimcha, oxirgi turgacha jamoalar ko‘p ochko yo‘qotishadi, ammo bir narsani ayta olaman: «So‘g‘diyona» oxirigacha kurashadi. Xudo xohlasa, «So‘g‘diyona» medallardan birini qo‘lga kiritadi.

— Bugun jamoa yetakchilari Norxonov va Hasanov maydonda yo‘qolib qolishdi. Ikkinchi taymda ular almashtirildi...
— Bu «Andijon» jamoasining xizmati deb o‘ylayman. Ammo shunga qaramay Norxonovda 1-2ta vaziyat bo‘ldi, o‘sha vaziyatlarda «Andijon» posboni yaxshi o‘ynadi. Shu bois bunda qo‘rqinchli hech nima yo‘q.

— Agar «So‘g‘diyona» ikkinchi o‘rinni saqlab qolsa, OCHLda ishtirok etishi mumkin. Jamoa bunga tayyormi?
— 100 foiz tayyor! Barcha tomonlama tayyormiz. Ammo dastlab o‘sha yo‘llanmani qo‘lga kiritishimiz kerak, keyin bu haqda gaplashsak to‘g‘ri bo‘ladi.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 07:12, 03.10.2021.
O'qildi: 2900 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик