Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

A seriya. «Milan» safarda «Atalanta»ni taslim etdi (videosharh)

A seriya. «Milan» safarda «Atalanta»ni taslim etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan «Atalanta» va «Milan» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda "rossoneri" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yinni ko‘rmagan, faqatgina hisobga qarab xulosa chiqargan inson, go‘yoki bahs intrigalarga boy bo‘lgandan xulosa chiqarishi mumkin. Aslida esa uchrashuvning aksariyat vaqti bir darvoza oldida kechdi.

"Milan" uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq hisobni ochgan bo‘lsa, taym oxirida Tonalining goli evaziga farqni ikkitaga oshirdi. O‘yin tugashiga 12 daqiqa qolganida esa Rafael Leau milanliklarning uchinchi to‘pini kiritdi.

Pioli shogirdlari shundan so‘ng xotirjamlikka berilishdi. Maydon egalari shunday so‘ng raqib darvozasiga 2 marta yo‘l topishdi. Dastlab Sapata penaltidan unumli foydalangan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Pashalich jamoasining ikkinchi golini urdi.

Bu esa mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmadi. "Milan" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 19taga yetkazdi. Jamoa peshqadam "Napoli"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Italiya A seriyasi, 7-tur
Atalanta – Milan 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 1 Kalabriya, 0:2 – 42 Tonali, 0:3 – 78 Rafael Leau, 1:3 – 86, penalti Sapata, 2:3 – 90+4 Pashalich.
Atalanta – Musso, Gimshiti, Demiral (Kopmeyners, 46), Palomino, Dzappakosta, de Ron, Froyler (Pashalich, 87), Pessina (Pessella, 24), Mele (Muriel, 56), Sapata, Malinovskiy (Ilichich, 56).
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Kyer, Ernandes (Ballo-Ture, 80), Braim Dias (Junior Messias, 74), Rafael Leau (Pellegri, 90), Salemakers, Tonali (Bennaser, 80), Kessie, Rebich.
Ogohlantirishlar: de Ron (40), Braim Dias (42), Tomori (52), Junior Messias (85), Rafael Leau (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:39, 04.10.2021.
O'qildi: 2862 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик