Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Legionerlar. Igor Sergeevda gol, Masharipovdan assist, Shomurodov esa birinchi marta zaxirada qoldi

Legionerlar. Igor Sergeevda gol, Masharipovdan assist, Shomurodov esa birinchi marta zaxirada qoldi

Baho:
+ | -

Chet el klublarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning ayrimlari ortda qolgan haftada o‘z jamoasi safida navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazdi.

Saudiya Arabistoni

Jaloliddin Masharipovning «An-Nassr»i safarda «Abha»ga qarshi bahs olib bordi. Unda Ar-Riyod klubi 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda to‘liq harakat qilgan Masharipov jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi.

Belarus

«Energetik-BGU» «Slusk» maydonida mehmon bo‘ldi va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bellashuvda Shahzodbek Ubaydullayev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Bobur Abduxoliqov 61-daqiqada zaxiraga olindi.

Shahboz Umarov jamoasi «BATE» ushbu turda ligadan chetlatilgan «Sputnik»ka qarshi o‘ynashi kerak edi. Bu uchrashuvda borisovliklarga texnik g‘alaba yozildi.

Qozog‘iston

Igor Sergeev harakat qilayotgan «Tobol» jamoasi Qozog‘iston chempionatining navbatdagi turida «Ordabasi»ni qabul qildi. Uchrashuvda kostanayliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Igor jamoasining 25-daqiqada urilgan dastlabki goliga mualliflik qildi va 59-daqiqada zaxiraga olindi. Sergeevning jamoasi mavsum tugashiga ikki tur qolganda peshqadam «Astana»dan bir ochko ortda qolmoqda va uchinchi o‘rindagi jamoadan 8 ochkoga ilgarilab ketgan. Keyingi ikki tur chempionlik masalasiga oydinlik kiritib beradi.

Janubiy Koreya

«Kanvon» 33-turda «Chonbuk Motors»ga qarshi o‘ynadi va minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, 46-daqiqada zaxiraga olindi.

Jamshid Iskandarov harakat qilayotgan «Sonnam» esa «Cheju Yunayted» maydoniga safar qildi. Uchrashuvda maydon egalari so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Iskandarov uchrashuvning 61-daqiqasida maydonga tushdi.

Key-Liga 2 da Oleg Zoteev to‘liq harakat qilgan o‘yinda «Chonnam Dragons» «Anyan» bilan 1:1 hisobda durang o‘ynadi. Ikrom Aliboyev to‘p tepayotgan «Tejon Sitizen» esa «Puchon»ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (1:1). Aliboyev bir bo‘lim harakat qildi.

Aziz G‘aniyev («Shabob al-Ahli»), Jasur Yaxshiboyev («Sherif»), Oston O‘runov («Ufa») va Doniyor Abdumannopov («Energetik-BGU») navbatdagi tur o‘yinlarini jarohat sabab o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Eldor Shomurodov «Roma»ning «Empoli»ga qarshi o‘yinida zaxirada qoldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:53, 05.10.2021.
O'qildi: 3678 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик