Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachilar Adriyen Rabyo va Ueston Makkenni bilan xayrlashish niyatida.
Futbolchilar jamoa ustozi Massimiliano Allegri joriy qilgan siyosatdan mamnun emas. Allegri yaqinda Rabyoning o‘yini haqida gapirib o‘tdi.
Qayd etilishicha, «Everton» va Londonning «Arsenal» klublari 26 yoshli yarimhimoyachini sotib olmoqchi ekanliklarini ma’lum qilgan.
Turli mish-mishlarga qaraganda, «Yuventus» Makkenni uchun ehtimoliy xaridorlardan 30 million yevro talab qiladi.