Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Barselona» 17 yoshli futbolchisining tovon pulini 500 million yevroga oshirmoqchi

«Barselona» 17 yoshli futbolchisining tovon pulini 500 million yevroga oshirmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» tez orada 17 yoshli yarimhimoyachisi Gavi bilan yangi shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi AS.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati yaqin orada futbolchining vakili Ivan de la Penya bilan uchrashuv o‘tkazib, amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishmoqchi.

Klub Gaviga futbolchining tovon puli 500 million yevroga oshirilgan holda yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqchi. «Barselona» yosh ispaniyalik bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirmoqchi.

Gavi «Barselona» tarbiyalanuvchisi. Yarimhimoyachi bilan amaldagi kelishuv 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.

Yarimhimoyachi joriy mavsum «Barselona» asosiy jamoasida debyutini o‘tkazdi. Barcha turnirlarda Gavi 6 ta jang o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 23:00, 05.10.2021.
O'qildi: 4630 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик