Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bekobodda yangi futbol akademiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bekobodda yangi futbol akademiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Kecha Bekobod shahrida «Metallurg» PFK qoshida faoliyat yuritadigan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston metallurgiya kombinati AO boshqaruvi rahbariyati, o‘zbek futboli faxriylari, shuningdek, “Real Madrid“ klubining yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchilaridan biri Alvaro Arbeloa va bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakat futboli taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan Toshkent viloyati hokimligiga, O‘zbekiston metallurgiya kombinati AO boshqaruviga minnatdorchilik aytib, yaqin kelajakda mazkur akademiya tarbiyalanuvchilari orasidan mashhur futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildirdi.

Shundan so‘ng, "Real Madrid" U-14 jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Alvaro Arbeloa O‘zbekistonga tashrifidan unutilmas taassurotlar olganligini, qirollik klubining an’analari endilikda yurtimizda davom ettirilishidan xursandligini qayd etdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:11, 06.10.2021.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик