Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Srechko Katanes: «Mazkur yig‘inga ko‘plab yangi nomlarni jalb qildik»

Srechko Katanes: «Mazkur yig‘inga ko‘plab yangi nomlarni jalb qildik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes O‘FA matbuot xizmatiga o‘rtoqlik uchrashuvidagi raqiblar va tarkib haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Iordaniya va Malayziya terma jamoalari Assosiasiyada mavjud bo‘lgan variantlar orasidan tanlab olindi. Buning uchun hech qanday alohida sabab yo‘q. Biz aynan shu ikkita terma jamoaga qarshi o‘ynaymiz, degan talabni qo‘ymaganmiz. Hozirgi vaqtda o‘rtoqlik uchrashuvlariga raqib topish ancha mushkul. Bundan tashqari bunday rejalar 6 oy yoki 1 yil oldin amalga oshirilishi kerak.

Terma jamoaga yaqinda bosh murabbiy bo‘lganim uchun O‘FAda ham sparring raqib topishga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bizda barcha futbolchilarni kuzatish uchun 1 oygina vaqt bor edi. Shu maqsadda ko‘plab yangi nomlarni mazkur yig‘inga jalb qildik. Oldimizda turgan o‘yinlarda barchaga o‘yin amaliyotini berishga harakat qilamiz. Keyingi yig‘inlarda balki yana boshqa ijrochilarni taklif qilarmiz. Ko‘p narsa ularning o‘ziga bog‘liq. Berilgan imkoniyatdan yaxshi foydalana olishsa navbatdagi yig‘inlarga ham chaqiriladi. Bu yig‘inda o‘zini ko‘rsata olmaganlar keyinchalik o‘zini ko‘rsatishi mumkin»,- deydi Srechko Katanes.

Eslatib o‘tamiz, yig‘in davomida Srechko Katanes shogirdlari 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Kiritildi: 10:14, 07.10.2021.
O'qildi: 3128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.