Lionel Messi ko‘p yillar davomida «Barselona»da o‘ynaganidan o‘tgan yozda esa «PSJ»ga ko‘chib o‘tdi. Yangi klubdagi dastlabki davr argentinalik uchun qiyin bo‘lib chiqdi. U beshta o‘yinda atigi bitta gol urdi. «Stadion.uz» nashri Messi nima uchun darhol Parij klubida o‘ynab keta olmaganligiga biroz oydinlik kiritishga harakat qiladi.
Yangi klub, yangi liga
Lionel Messi butun faoliyatini «Barselona»da o‘tkazdi. Ochig‘ini aytganda, argentinalikni boshqa klubda va boshqa chempionat sharafini himoya qilish qiyin edi, lekin Kataloniya grandining moliyaviy holati yulduz hujumchining boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishini haqiqatga aylantirdi. Qariyb yigirma yildan buyon bir klubda o‘ynab, keyin o‘zingizni boshqa joyda topsangiz, har qanday futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Messi ham bundan mustasno emas. Lionel yangi jamoaga, yangi mentalitetga va yangi chempionatga ko‘nikishi kerak. Messi ilgari hech qachon klubni o‘zgartirmagan, shuning uchun avvalgi o‘yinini yana ko‘rsatishi uchun Leoga biroz vaqt kerak.
E’tibor markazida emas
«Barselona»da Lionel Messi asosiy yulduz edi. Qandaydir muvaffaqiyatsiz o‘yin tanaffusida Xosep Gvardiolaning «Leo, iltimos, nimadir qil» degani haqidagi hikoyalarni eslay olasangiz kerak. «Kamp Nou»da ular tom ma’noda Messi uchun ibodat qilishdi, lekin hozir uning mavqei unchalik yuqori bo‘lmagan jamoada, chunki «PSJ»da Neymar va eng muhimi Kilian Mbappe bor. Leo o‘zini Parijda o‘yinni quradigan futbolchi sifatida emas, balki jamoa mexanizmining bir qismi sifatida topishi kerak. Va bu yerda, haqiqiy liderga aylanish uchun, argentinalikka ham biroz vaqt kerak.
Shaxsiy qiyinchiliklar
Lionel Messi nafaqat yangi klub va yangi chempionatga, balki yangi yashash joyiga ham moslashishi kerak. Argentinalik uzoq vaqt davomida tanish, sokin joyda yashadi va endi Messi oilasi o‘z qulaylik zonasini tark etishga majbur bo‘ldi. Dastlab, Leo mehmonxonada yashadi, bu esa muxlislar e’tiborining kuchayishi tufayli unga ba’zi muammolarni keltirib chiqardi. Anxel di Mariya bu haqda Argentinaning Ole nashriga bergan intervyusida aytdi. Hozirda Messi doimiy uy-joy masalasini hal qilganga o‘xshaydi va bu unga osonroq bo‘lishi kerak.
Yozda Lionel Messi terma jamoa bilan birinchi sovrinni qo‘lga kiritdi. Argentina Amerika Kubogida zafar quchdi. Keyin ta’til bo‘ldi, o‘sha vaqt davomida yulduz futbolchi o‘z kelajagi haqidagi savollarni hal qilishi kerak edi, chunki u erkin agent maqomida bo‘lgan. «PSJ»ga o‘tgandan so‘ng, Messi darhol debyutini o‘tkazmadi, chunki mashg‘ulotlarning yetishmasligi fonida uning jismoniy holati ko‘p narsani talab qildi. Debyut avgust oyi oxirida bo‘lib o‘tdi, lekin shundan so‘ng Messi Argentina terma jamoasiga yo‘l oldi. Fransiyaga kech qaytgani uchun Leo «PSJ»ning bitta o‘yinini o‘tkazib yubordi va tez orada tizzasi jarohatlandi. Jismoniy muammolar ham Messining «PSJ»dagi faoliyatini qanday boshlaganini ko‘rsatdi.
Krishtianu Ronaldu
O‘tgan yozda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi klub ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritdi. Ikki futbolchini taqqoslashni davom ettirayotgan xolis muxlislar uchun, portugaliyalik va argentinaliklarning harakatlarida, ularning qaysi biri kuchliroq ekanligini aniqlashning yana bir sababiga aylandi. Ronalduning har bir goli bilan (Portugaliyalik beshta gol urdi) Messiga bosimni kuchaytiradi. Bu qandaydir tarzda argentinalikka ta’sir qilishi mumkin. Yillar davomida, Leo o‘zini Ronaldu bilan taqqoslab kelishini biladi va o‘zining gol ura olmayotgani, shu fonda esa Ronaldu ketma-ket uchrashuvlarda vaziyat qahramoniga aylanayotgani ham, uning o‘yiniga ta’sir qilishi bor gap.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.