Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Messi – «Oltin to‘p» uchun asosiy favorit? Bu katta adolatsizlik

Messi – «Oltin to‘p» uchun asosiy favorit? Bu katta adolatsizlik

Baho:
+ | -

Fransiyaning France Football haftalik nashri «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 30 nafar futbolchi ro‘yxatini e’lon qildi. Mutaxassislar va bukmekerlik idoralari bir ovozdan Lionel Messi bu mukofot uchun asosiy favorit degan fikrda. Ammo, ko‘pchilik bunga juda ham qarshi. Mana nima uchun Leoga «Oltin to‘p» berilmasligi kerak. «Stadion.uz» nashri argentinalikka nima uchun ushbu sovrinni bermaslik kerakligi haqida biroz fikr yuritadi.

Messining o‘tgan mavsumdagi eng yirik g‘alabasi Amerika Kubogida qo‘lga kiritdi, Leo nihoyat Argentinani chempionlikka olib keldi. Albatta, bu yutuq eng katta hurmat va olqishlarga loyiq, lekin haqiqatan ham Chempionlar ligasi va Yevropa chempionatidagi g‘alabalarga to‘sqinlik qila oladimi? Balki Messi g‘ayrioddiy futbol ko‘rsatgandir, buning uchun u yana «Oltin to‘p»ni berishi kerakmi? Keling, buni aniqlaylik.

O‘tgan yili klub darajasida Messi faqat Ispaniya Qirol kubogini qo‘lga kiritdi. Ammo, La Ligada uchinchi o‘rin, Chempionlar Ligasida - 1/8 finalda «PSJ» tomonidan «Barselona»ning tor-mor etilishi. Agar, biz kuboklarni hisoblasak, u holda argentinalik futbolchini har tomonlama mag‘lub etgan kamida ikkita raqib bor.



Birinchisi va eng muhimi Robert Levandovski. Polyak o‘tgan yili «Oltin to‘p»dan mahrum bo‘lgan edi, chunki bu mukofot Koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan edi. Agar, siz faqat o‘tgan yilga nazar tashlasangiz ham, Levandovski Bundesligada g‘alaba qozondi, u yerda Gerd Myullerning abadiy rekordini yangilab, bir mavsumda 41 ta gol urdi. Bunga Germaniya Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqqan g‘alabalarni ham qo‘shing.

Gol urish borasida Levandovski ham Messidan o‘zib ketdi, har bir o‘yinda o‘rtacha 1,2 gol (40 o‘yinda 48 gol), Leo uchun 0,8 (47 o‘yinda 38 gol).

«Bavariya» Levandovski ishtirokisiz «PSJ» tomonidan Chempionlar ligasidan chiqarib yuborilgani juda muhim. Kim biladi, agar nemislar hujumida Chupo-Moting emas, Robert bilan bo‘lganida, bu qarama-qarshilik qanday tugagan bo‘lardi.



Yana bir sovrindor yigit bor - bu Jorjinyo. Italiya pasportiga ega kamtar braziliyalik o‘tgan mavsumda o‘zini ajoyib tarzda ochib berdi. «Chelsi» bilan birgalikda u Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va Tomas Tuxelning rotasiyasida asosiy futbolchilardan biriga aylandi. «Aristokratlar»ning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasida Jorjinyoning hissasi beqiyos. Va bir oy o‘tgach, futbolchi o‘z sovrinlar javoniga Italiya terma jamoasi bilan birgalikda Yevropa chempionati oltin medallarini qo‘shdi. Ha, u gollari bo‘yicha Messi va Levandovski bilan raqobatlashishning ma’nosi yo‘q, lekin o‘zini har tomonlama yaxshi ko‘rsatgan va kuboklarni qalashtirgan futbolchi emasmi?



Uning «Chelsi»dagi sherigi Ngolo Kante haqida unutmaylik, u uch-to‘rt yil davomida Yer yuzining eng yaxshi tayan yarimhimoyachisi bo‘lgan. Kante - ko‘zga ko‘rinmas daho, uning futbol iqtidori chiroyli gol urish qobiliyatida emas, balki o‘yinni aql bovar qilmas darajada tushunishda. Kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish qobiliyati.



Messi oltita «Oltin to‘p» ni qo‘lga kiritgan, Leoga yettinchi oltin to‘p nimaga kerak? Ha, u Amerika kubogini qo‘lga kiritdi, shuning uchun u g‘alabasidan xursand bo‘lsin, nega boshqalardan munosib mukofotni tortib olish kerak? Shubhasiz, agar France Football Messiga mukofotni berishga qaror qilsa, «Oltin to‘p» o‘z qadrini yo‘qotadi, bizningcha.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz

Сизчи, «Олтин тўп»ни кимга берган бўлардингиз?

Kiritildi: 10:27, 09.10.2021.
O'qildi: 13720 marta.
Fikrlar: 119 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.