Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superligaga qaytgan “Neftchi”! Yoxud bunga kimlar sababchi...

Superligaga qaytgan “Neftchi”! Yoxud bunga kimlar sababchi...

Baho:
+ | -

 

3 yillik tanaffusdan so‘ng yana Farg‘onaning bosh jamoasi Superliga yollanmasini qo‘lga kiritganidan ko‘pchilikni xabari bo‘lsa kerak. Bu mavsumda Pro-ligadagi klublardan darajasi yuqoriligini ko‘rsatgan “Neftchi” mavsumni qanday o‘tkazgan? Bunday ishonchli g‘alabalarga kimlar sababchi ekanligini bu galgi maqolamizda to‘xtalib o‘tishga harakat qildik.

Kuchaytirilgan Tarkib


Mavsum avvalidan miqiyos bo‘yicha mamlakatimizning 1-raqamli ligasiga chiqishni o‘z oldiga jiddiy maqsad qilib olgan “buyuk chinorlar” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qildi. Tajribasiz va yangi bosh murabbiy talabiga javob bera olmagan futbolchilar bilan xayrlashgan klub rahbariyati tarkibiga juda katta tajribaga ega bo‘lgan futbolchilarni qo‘shib oldi. Xususan, milliy terma jamoa tarkibida bir necha yillar harakat qilgan futbolchilar: Akmal Shorahmedov, Akbar To‘rayev, Shavkat Mullajonov kabi bir qator yaxshi saviyadagi futbolchilar klubga taklif etildi.

Sifatli Legionerlar


Tarkib haqida gap ketganda albatta legionerlarsiz ish bitmaydi. Klub vakillari bu ishni ham o‘z maromiga yetkazib bajarishdi desak yolg‘on bo‘lmaydi. Marko Obradovich, Aleksandr Stanoyevich va Aleksandr Yeshich kabi saviyali ( Superligani darajasida qandayligi no‘malum) aynan chempionatdagi klublarda harakat qilayotgan futbolchilardan bir bosh ustun futbolchilarni jamoaga qo‘shib olgani yil davomida klubga qo‘l keldi.

Tajribali Murabbiy


O‘z tarkibiga anchagina nomdor futbolchilarni yig‘ib olgan jamoa ularga bosh bo‘la oladigan murabbiyni ham topa oldi. Bu o‘sha Namanganning “Navbahor” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov edi. Vodiy futboli unga juda tanish ekanligi va futbolchilar bilan ishlashdagi o‘ziga hos qattiqqo‘llik unga butun mavsum davomida jamoani hotirjamlikka berilishiga yo‘l qoymadi. Bu esa yakunda Pro-liga chempionligi va orzuqib kutilgan yo‘llanmani bir necha tur avval hal qilish imkonini berdi.

Jonkuyar Muxlislar


Va eng so‘nggida o‘sha mashxur muxlislar... O‘tkan mavsum so‘nggidagi “Turon”ga qarshi o‘yin barchangizni yodingizda bo‘sa kerak, o‘sha mashxur muxlislar mana shular. Jamoasining mag‘lubiyatili kunlarida ham jamoa bilan yelkadosh bo‘lganlar mana g‘alabali kunlarda ham ular bilan birga. Ular bu onlarni 3 yil kutishdi axiri “suyuklilari” ularga uzoq kutilgan damlarni keltirishdi. Butun mavsum davomida xoh Samarqand bo‘lsin, xoh Buxoro har qanday sharoitda jamoa bilan birga bo‘ladigan ishqibozlari bor bo‘lgan klub Superligaga haqli....

 

Abduburxon Mamajonov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.

Мақола ҳақида ўз фикрларингизни билдиринг

Kiritildi: 13:22, 09.10.2021.
O'qildi: 3891 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.