«Torino»ning italiyalik hujumchisi Andrea Belotti kelasi yozda «buqalar» lagerini tark etishi mumkin.
Futbolchining 2022 yili klub bilan amaldagi shartnomasi tugaydi va u yangi bitim imzolashga shoshilmayapti. Ushbu vaziyatni esa «Milan» jiddiy ravishda kuzatib bormoqda.
«Rossonerilar» hujumchini tekinga sotib olishni rejalashtirmoqda. Belotti u yerda Zlatan Ibragimovichga o‘rinbosar sifatida ko‘rilyapti.
Kishda Andrea bilan ehtimoliy bitim haqida dastlabki kelishuvga erishish mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida «Torino» ham jamoaga yangi hujumchi qidirib ko‘radi.