Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Og‘ir atletika. Jahon chempionatidan navbatdagi medallar

Og‘ir atletika. Jahon chempionatidan navbatdagi medallar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, shu kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahri sayyoramizning eng kuchli og‘ir atletikachi o‘smirlarini o‘zida jam qilgan.

Musobaqaning uchinchi kungi bahslarida ham hamyurtlarimiz munosib ishtirokni davom ettirishdi. Dastlab, musobaqada -61 kg vazn toifasida Madinabonu Jo‘rayeva ikkikurash natijasiga ko‘ra, umumiy 179 kg natija qayd etib, 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ayniqsa, hamyurtlarimizning e’tibor markazida -71 kg vazn toifasidagi o‘smir qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar turgandi. Sababi ushbu vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib borishdi.

Hamyurtimiz Nigora Suvonova musobaqada 3ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda eng yuqori natijasi 92 kg shtangani o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Nigora Suvonova siltab ko‘tarish mashqlarida ham ajoyib natija qayd etdi. U 114 kg natija bilan yana bir kumush medani sohibasiga aylandi. E’tiborlisi, ikkikurash natijasiga ko‘ra ham hamyurtimiz ikkinchi o‘rinni band etdi va jahon chempionatidan 3ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Ushbu vaznda siltab ko‘tarish mashqida Sevinchoy Komilova 111 kg natija qayd etib, 3-o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 12:35, 10.10.2021.
O'qildi: 2607 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик