Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Barselona»ni kim qutqaradi? Asosiy nomzodlar bilan tanishamiz

«Barselona»ni kim qutqaradi? Asosiy nomzodlar bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

Har qanday futbol muxlisidan so‘rang, u sizga Ronald Kuman o‘z o‘rnida uzoq qolmasligini aytadi. «Barselona» bu qadar nochor ahvolga oxirgi karta qachon tushib qolganini eslash ham qiyin va albatta, amaldagi murabbiyning sharmandali natijalari e’tiborsiz qoldirolmaydi.

Garchi klub prezidenti unga ishonch bildirishini bir necha bor aytib o‘tgan bo‘lsa ham. Ertami-kechmi unga chiqish yo‘li ko‘rsatiladi, lekin uning o‘rniga kim egallaydi? Aynan shu savol bugungi futbolda eng ko‘p bahslarga sabab bo‘lyapti. Keling, haqqatanam «Barselona»ga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni ko‘rib chiqamiz.

Xavi

Ertami-kechmi, Xavi «Barselona» bosh murabbiyi bo‘ladi – bu vaqt masalasi. Uning o‘zi bir necha bor ta’kidlaganki, u sobiq klubini boshqarishni va o‘z uyining yulduzlarining yangi avlodini tarbiyalashni orzu qiladi.

Xavini hozirda «Al-Sadd»ni boshqaradi va muxlislar uning uyga qaytishini juda xohlashadi. Zero, Xavi Pep Gvardiola maktabining ilk «qaldirg‘och»laridan. Qatarda u o‘z ishini yaxshi bajaryapti, lekin bu omil uning Ispaniyada ham muvaffaqiyat qozonishini anglatmaydi.

Xavi klub prezidentligi uchun nomzodlardan biri bo‘lgan Viktor Font bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan. Bu vaziyatda Laporta raqibining asosiy ittifoqchisini qaytarishdan xursand bo‘lmaydi. Yana bir muammo bor: Kuman singari, Xavi ham katta shaxsiyatga ega bo‘lgan klub afsonasidir. Ehtimol, Laporta Xavini ham hozirgi murabbiy singari xatolar qilishidan qo‘rqib, jamoaga chaqirmay turgan bo‘lishi ham mumkin.

Xavi «Barselona»ga o‘tishni xohlaydi, lekin u hatto jamoaning yoshlari bilan ishlamagan. U Qatardan boshqa joyda murabbiylik amaliyotiga ega emas. Bunday vaziyatda tavakkal qilib uni jamoaga olib kelish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi, buyog‘i endi vaqt masalasidir.

Roberto Martines

Martinesning o‘zi ham allaqachon «Barselona»da ishlash taklifiga qiziqish bildirgan va hozirda eng yaxshi davogarlardan biri hisoblanadi. Biroq, hozircha belgiyalik murabbiyni ko‘plab manbalarda yozishicha hech qanday muzokalar olib bormayotgani aytilmoqda. Ammo Martines to‘satdan jamoaga kelib qolish ehtimoli bor, chunki u kataloniyaliklar sport direktori Yordi Kroyff bilan yaxshi munosabatda.

Martines, o‘zi Kataloniyada tug‘ilgan, bu yerda unga hech kim begonaday munosabatda bo‘lmaydi va muxlislar bundan faqatgina xursand bo‘lishadi. Hammani o‘ylantirayotgan bir jihat bor, ko‘pchilik uni jamoada qandaydir yangilik qilishiga ishonmayapti. Balki faqatgina Pepning uslubiga taqlid qilishi mumkin. Unutmaylik, 14 yil ichida belgiyalik faqatgina ikkita sovrin yutgan 2008 yilda «Suonsi» bilan Chempionshipni va 2013 yilda «Uigan» bilan Angliya kubogini. Martines varianti barbir optimalligini saqlab qoladi, chunki u Belgiya termasi bilan Millatlar ligasi finalidan quruq qoldi. Bu esa sovrinsiz yakun degani.

Andrea Pirlo

Hamma dalillar shuni ko‘rsatyaptiki Pirlo Laportaning ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Bunga sabab italiyalik sobiq futbol yulduziga o‘z vaqtida Laporta muxlislik qilgan, bu esa kichik faktor emas. Prezidentga Kumanning himoyaviy futboli umuman yoqmayapti va hujumkor o‘yin tuzadigan murabbiyni jamoaga olib kelmoqchi.

Pirlo «Yuventus»da ekanligida Kuman uni bir marta yenggandi. Ko‘pchilik o‘tgan yilgi «Yuventus»ning omadsizligini Pirlo bilan bog‘lagan. Biroq bu mavsumda ham ko‘rinib turibdiki, gap faqat murabbiyda bo‘lmagan.

Marselo Galyardo

«River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo ko‘pincha «Barselona» bilan birga tilga olinadigan bo‘lib qolgan. Dekabrda uning jamoasi bilan shartnomasi yakuniga yetadi.

Marselo Galyardo «River» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri, uning uslubi yorqin, agressiv va tezkor. 45 yoshli mutaxassis tezda jamoaga moslashib, muammolarni hal qila oladi. Gvardiola ham o‘z intervyularidan birida uni dunyoning 3 ta eng kuchli murabbiylar qatorida e’tirof etganidan bilib olsa bo‘ladiki, u shubhasiz, noyob murabbiydir.

Galyardo klassik tiki-takadan foydalanmaydi, va bu normal holat, chunki zamonaviy futbol bu taktikaga qarshi «dori» o‘ylab topgan. Yana bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak, Galyardo hech qachon Yevropada ishlamagan.

O‘z vaqtida «Barsa»ning sobiq prezidenti Bartomeu Galyardoni jamoaga taklif qilishni o‘ylagan, lekin uning o‘rniga, Kike Setyenni ma’qul ko‘rgan.

Boshqa nomzodlar ham tez-tez tilga olinib turibdi. Masalan, Luis Enrike, Ispaniya terma jamoasini boshqaradi, lekin u allaqachon bu gaplarni rad etib, Laportada hatto telefon raqami yo‘qligini aytgan. «Ayaks»dan Erik ten Xag eng qiziqarli variant bo‘lib qolmoqda, ammo u mavsum o‘rtalarida ketishni istamaganini aytdi. Bir narsa aniqki, jamoaga qaysi murabbiy kelishididan qat’iy nazar klubni jar yoqasidan olib chiqib keta olsa, klub tarixidan muqim o‘rin egallaydi.

Futbolni seving, «Barselona»ni seving!

Ruslan Maksimov tayyorladi.

 

Kiritildi: 19:10, 10.10.2021.
O'qildi: 6632 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.