Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manchini Italiya termasida o‘ziga xos natija qayd etdi

Manchini Italiya termasida o‘ziga xos natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Italiya Millatlar ligasida uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alabadan so‘ng italiyaliklar bosh murabbiyi Roberto Manchini yangi rekord o‘rnatdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Manchini Italiya terma jamoasining 30 g‘alabasiga erishgan eng tezkor murabbiyi hisoblanadi. Buning uchun unga 44 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

56 yoshli Roberto Manchini bungacha «Zenit», «Inter», «Galatasaroy», «Manchester Siti», «Lasio» va «Fiorentina» jamoalarini boshqargan.

Kiritildi: 20:26, 10.10.2021.
O'qildi: 1439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик