Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Valijon Rahimov: «Real» va «Barselona» to‘qnashganda uyimizda ham «el-klasiko» muhiti ruy beradi»

Valijon Rahimov: «Real» va «Barselona» to‘qnashganda uyimizda ham «el-klasiko» muhiti ruy beradi»

Baho:
+1 | -

Ayni paytda O‘zbekiston milliy jamoasi safida Iorlaniyada o‘tayotgan yig‘inda qatnashayotgan iqtidorli darvozabonimiz Valijon Rahimov bilan uyushtirilgan suhbatni e’tiboringizga taqdim qilamiz.

— Valijon, Iordaniyada o‘tayotgan yig‘in taassurotlari qanday?
— Katanes boshqaruvidagi ikkinchi yig‘in ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Iordaniyada o‘tayotgan yig‘inda murabbiylar asosan terma jamoaning o‘yin uslubi qanday bo‘lishini tushuntirishga harakat qilib nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tishmoqda.

— Katanes ko‘proq nimalarga e’tibor qaratmoqda?
— Katanes birinchi navbatda maydonda ham va uning tashqarisida ham tartib-intizom bo‘lishi kerakligini talab qilmoqda. O‘rtoqlik o‘yinlariga jiddiy qarab, milliy jamoada har bir bahsga oxirgi o‘yinga tushgandek harakat qilishni talab qilmoqda. Mashg‘ulotlarda barcha futbolchilar a’lo kayfiyatda chin dildin shug‘ullanishmoqda.

— Xonadoshingiz kim?
— Eldorbek Suyunov.

— Mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazyapsiz?
— Ochig‘i, deyarli bo‘sh vaqt yo‘q. Ertalab nazariy mashg‘ulot bo‘lsa, tushdan so‘ng amaliy mashg‘ulotga ketamiz. Mashg‘ulotdan qaytgach esa tiklanish jarayonlari bilan band bo‘lamiz.

— Valijon Rahimov talqini bo‘yicha ayni paytda eng kuchli 3 nafar darvozabonlar kimlar?
— Fikrimcha, Noyer, Alisson va Oblak.

— Muxlislarni qiziqtiradigan savol: Valijon qaysi jamoaga muxlislik qiladi?
— Yoshligimdan «Real» jamoasiga muxlisman. Otam esa «Barselona» muxlisi. Bu ikki jamoa to‘qnash kelganda bizning xonadonda ham Ispaniyada qolishmagan holda «El klasiko» muhiti ruy beradi.

— AGMK jamoasidagi eng quvnoq futbolchi kim?
— Mirg‘iyos Sulaymonov va Sanjar Shoahmedov.

— Bo‘lajak o‘yinlarda omad va sizning milliy terma jamoa safidagi debyutingizni kutib qolamiz. Muhimi, jarohatlarsiz AGMK jamoasi ixtiyoriga salomat holda qaytishnigizni tilab qolamiz.
— Shu fursatdan foydalanib AGMK jamoasi ahil oilasiga salom yo‘llab qolaman.


AGMK jamoasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 21:09, 10.10.2021.
O'qildi: 5136 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик