Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Enrike Fransiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin matbuot anjumanida qatnashdi

Enrike Fransiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin matbuot anjumanida qatnashdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya terma jamoasiga mag‘lub bo‘lganidan (1:2) keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Kimga qarshi yoki qanday holatda o‘ynashimizdan qat’i nazar har doim o‘z uslubimizda o‘ynashga - jasurlik, maqsadli hujumga o‘tish bilan intilamiz. Shunday ekan, bu oqshom mag‘lubiyat alamidan emas, balki qayg‘u hissi bilan yodda qoladi. Chunki, biz juda ham yaxshi raqobat qila oldik.

Biz ajoyib va bizni qo‘llab-turgan muxlislarimiz uchun sovg‘a qilishni juda ham istagandik.

Nafaqat Yevropa chempionlarini mag‘lubiyatga uchratdik, shuningdek amaldagi jahon chempionlari bilan tengma-teng kurash olib bordik. O‘z ustunligimiznni uzoqroq vaqt saqlab qolishimiz lozim edi. Golni nishonlashni endi tugatganimizda, ular dahshatli gol bilan hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirishdi.

Tan olish kerak, Oyarsabal uchrashuvning 64-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 107 soniya o‘tib, Karim Benzema muvozanatni tikladi.

"Dastlabki daqiqalar bizga qimmatga tushdi. Fransiya yuqori bosim qildi va shu bilan tartibli bo‘ldi. Keyinchalik ikkinchi bo‘limda hammasi bizning nazoratimizga o‘tdi. Futbolning adolatsizligi shundaki, 1-0 bo‘lib turgan paytda Fransiyani nokautga uchratish imkoniyatiga ega bo‘lgandik, ammo Benzema jamoasini qutqarib qoldi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ispaniya termasi hujumchisi Mikel Oyarsabal ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Biz yuqori o‘yin namoyish etdik deb o‘ylayman. Raqib jamoa esa bizdan ham sifatli ikkita gol yuzaga keltirdi. Bu bizning g‘alabamiz qo‘ldan chiqqan vaziyat! O‘z imkoniyatlarimizga ega bo‘lgandik, ammo Lorisning seyvlari jamoasini qutqarib qoldi. O‘yin davomida qattiq mehnat qildik va bu yerda nima qilgan bo‘lsak, faxrlanishimiz lozim.

Bu musobaqada qilgan ishlarim Ispaniya terma jamoasi uchun yana o‘ynash imkoniyatini beradimi, bilmayman. Lekin, har doim milliy terma jamoa bilan bo‘lganimda, o‘zimdagi hammasini berishga harakat qilaman. Endi yana klubga qaytish va termadagi o‘rinni saqlab qolish uchun munosib o‘ynash kerak bo‘ladi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 13:33, 11.10.2021.
O'qildi: 3447 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.