Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

"Nyukasl" kimlarni sotib olmoqchi?

"Nyukasl" kimlarni sotib olmoqchi?

Baho:
+ | -

 

Hozirgi kunda futbol olamida eng ommaviy mavzu – ''Nyukasl''ning arablar qo‘liga o‘tgani bo‘lib turibdi. Shayxlarning ulkan miqdordagi pullari APL klubining transfer olamida yanada faol bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni damda, ''Qarg‘alar''ning moliyaviy imkoniyati har qanday futbolchiga ''qo‘l uzatsa yetadigan'' darajada qudratli. Shu ma’lumotlarni hisobga olgan holda, Stadion.uz ''Nyukasl'' amalga oshirishi mumkin bo‘lgan transferlar haqida so‘z yuritadi.

 

Filippe Koutinyo ("Barselona").

Braziliyalik iqtidorni hozirgi "Barselona"da baxtli deb bo‘lmaydi. Ko‘p uchrashuvlarni jarohatlari tufayli o‘tkazib yuborayotgan Fill lazaretdan qaytgach, asosiy tarkibga joylasha olmayapti. "Ko‘k-anorranglilar" hujum chizig‘idagi raqobatda u tobora yo‘qolib bormoqda. Shunday ekan, Koutinyo uchun jamoasini o‘zgartirishi foydadan xoli bo‘lmaydi, bizningcha. Ma’lumki, Filippe "Liverpul"dagi, xususan, APLdagi yorqin o‘yinlari tufayli muxlis-u mutaxassislar nazariga tushgan. Hozir u o‘sha o‘zi mashhur bo‘lgan ligada o‘ynash imkoniga ega. Bu tanlovni unga saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" taklif qilmoqda. Har holda, zaxirada o‘zining bor potensialini ko‘kka sovurgandan ko‘ra sevimli ligasiga qaytib kuchsizroq jamoada yetakchilikni qo‘lga olishi futbolchi uchun, har tomonlama, to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Garet Beyl ("Real Madrid").

Ayni paytda, Beyl ham Koutinyo bilan deyarli bir xil holatda. Farqi shundaki, u allaqachon o‘z darajasini yo‘qotib ulgurdi. Ketma-ket jarohatlar uelslik futbolchiga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmadi. Hozirda uning Madriddagi "katta"lar bilan munosabati haqida ham iliq fikr bildira olmaymiz. Beylning yuqori maoshi Peresning asabini buzayotgani aniq va "Real" prezidenti uni allaqachon sotuvga qo‘ygan. Takliflar yo‘qligi bois "Golf-master" hamon "qaymoqranglilar" tarkibida. Biroq "Nyukasl" tomondagilar uchun pul endi muammo emas. Beylga xohlaganidek maosh va yetarli o‘yin amaliyoti berilsa va futbolchi bundan to‘g‘ri foydalana olsa, ikki taraf uchun ham bu foydali kelishuv bo‘lardi.

Jessi Lingard ("Manchester Yunayted").

O‘tgan mavsum "Vest Xem"dagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikni hayron qoldira olgan Jessi endi "Nyukasl" qiziqishlari doirasida. Ingliz futbolchisi bu mavsum "MYU"da ham yomon o‘ynayotgani yo‘q, aslida. Zaxiradan maydonga tushib, jamoaga o‘zgacha ishtiyoq bera olyapti ("Yang Boyz"ga qarshi o‘yin bundan mustasno). Unda salohiyat va yorqin kelajak borligi ko‘rinib turibdi. Asosiysi, Lingard hozir maydonda yo‘qolib qolmasligi lozim. "Yunayted"da hali Sancho formaga kirib ulgurmadi, Reshford jarohati bilan ovora, Kavani ham avvalgidek faol emas. Vaholanki, yuqoridagi futbolchilar o‘z darajalariga qayta olsa, Jessiga "non bermasliklari" aniq. Shularni hisobga olgan holda, istiqbolli loyihaning bir bo‘g‘ini sifatida Lingardinyoni "Sent Jeyms Park"da ko‘rib qolsak ajablanmaymiz.

Aleksis Sanches ("Inter").

Bir paytlar Gvardiolaning "tiki-taka"chi "Barselona"sida mazmunli harakat qilgan Aleksis hozir Milanning ko‘k-qora tomonida zaxirada o‘tiribdi. Uning yoshi o‘tib borayotgani, o‘zgaruvchan va pressingli futbolga to‘g‘ri kelmay qolganini inobatga oladigan bo‘lsak, "qarg‘alar" varianti Sanchecga to‘g‘ri kelishi mumkin. "Nyukasl" hujumida, asosan, texnikasi kuchli futbolchilar harakat qilishadi. Allan Sen-Maksimen, Migel Almiron va Rayan Freyzer shular jumlasidan. Shuningdek, Aleksdagi aqlli va noodatiy uzatmalar ham "Nyukasl"ga ko‘p foyda keltirishi mumkin.

 

Qo‘shimchasiga, saudiyalik shayxlar short-listidan Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted"), Mauro Ikardi ("PSJ"), Usmon Dembele ("Barselona") va Jeyms Tarkovski ("Byornli") kabi nomdor futbolchilar joy egallagan. Jamoaning hozirgi darajasidan (APLdagi 20 jamoa ichida 19-o‘rin) kelib chiqib, bu transferlar ilojsizdek ko‘rinishi tabiiy. Biroq pul nimalarni hal qilmaydi, deysiz. Ko‘ramiz, yakunda "Hakkalar" qaysi futbolchilarni sotib olishni uddalarkin?!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:00, 11.10.2021.
O'qildi: 4977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.