Braziliyalik hujumchi Neymar Jahon chempionati saralash bahsida kolumbiyalik himoyachi Yerri Mina bilan yuzma-yuz to‘qnash keldi.
Mina Neymarga qarshi qo‘pollik ishlatdi, natijada ikkala futbolchi ham maysazorga yiqilganini barcha eslasa kerak.
Kolumbiyalik oyoqqa turgach, o‘z da’vosi bilan Neymarga yaqinlashdi. O‘yinchilar bir-birlari bilan dahanaki jangga kirishishdi, keyinchalik Neymar Minani urmoqchi bo‘ldi. Kolumbiya himoyachisi orqaga chekinib, o‘yinni davom ettirishga qaror qildi.
Butun dunyoda ushbu hodisaga turli munosabatlar yangradi.