Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Muvaffaqiyatli start, 1-tur va yangi futbolchilar haqida — Ahad Yusupov bilan intervyu

Muvaffaqiyatli start, 1-tur va yangi futbolchilar haqida — Ahad Yusupov bilan intervyu

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" futzal klubi yangi mavsumning dastlabki 3ta bahsida g‘alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi. "Temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Ahad Yusupov bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Jamoa mamlakat chempionatida muvaffaqiyatli start oldi. 1-tur haqida nimalar deya olasiz?
— Ha, mavsum yaxshi boshlandi. Barcha jamoalar mavsumga yaxshi tayyorlanishdi. Mavsumdagi dastlabki o‘yin qiyin o‘tdi. Boshida «Bunyodkor» himoyasini yorib o‘ta olmadik. Keyinchalik ishlar yaxshi ketdi va ko‘plab gollar urdik. Ikkinchi o‘yinda mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri — «Huaxin-Jizzax» bilan bahslashdik. O‘yinni ikkinchi raqamli jamoa sifatida boshlab, himoyada o‘ynadik. Lekin bor e’tiborimiz g‘alabaga qaratilgandi. So‘nggi bahsda mezbon «Neftchi»ga qarshi o‘ynadik. Og‘ir va bosimga boy o‘yin bo‘ldi. Mahalliy muxlislarning qo‘llab-quvvatloviga qaramay g‘alabaga erisha oldik.

— Milliy terma jamoamizning bir necha futbolchilari jamoa tarkibiga o‘yin sifatiga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?
— To‘labek Abrorovich Akramovning sa’y-harakatlari bilan tarkibni anchagina kuchaytira oldik. Bu borada uzoq gaplashdik va jamoamiz oldiga katta maqsadlar qo‘ydik. Mavsumlar oralig‘idagi transferlar oynasi biz uchun zo‘r o‘tdi. Tarkibimizga termamizning asosiy futbolchilari va darvozaboni o‘tdi. Ishlashda davom etamiz va «Lokomotiv»ni yuqori o‘rinlarga olib chiqishga harakat qilamiz.

— 1-tur o‘yinlaridan keyin muxlislar «Lokomotiv» futzal jamoasiga bo‘lgan «planka»ni yuqori olishmoqda. «Lokomotiv» chempionlik uchun kurashadimi?
— Bu haqida gapirishga hali erta. Chempionat endigina boshlandi. Futbolchilarning o‘zaro tushunishini avtomatik darajaga olib chiqishimiz va xatolarni to‘g‘irlashimiz kerak. Maqsadlar va vazifalar aniq qo‘yilgan.

— Ravshan Eliboyev O‘zbekistonning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Biroq Farg‘onada Klim Tyugayevni ko‘rmadik. Bunga sabab nima?
— Klim kasal bo‘lib qoldi. U biroz shamollab qoldi va harorati ko‘tarildi. Transferlar oynasining so‘nggi kunida Ravshan Eliboyevni tarkibga qo‘shib oldik. U ajoyib jismoniy holatda, bu Litvadagi mundialda ham ko‘rindi.

Birinchi turdagi g‘alabalar bilan barcha temiryo‘lchilar, klubdagilar va muxlislarni tabriklab qolaman. G‘alabalar bilan!

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:06, 13.10.2021.
O'qildi: 1676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик