«Barselona» hujumchisi Serxio Aguero jamoa safida ilk marta maydonga tushdi. Segunda B ligasining «Kornelya» klubiga qarshi o‘yinda 33 yoshli futbolchi 30 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. «Barselona»ning dastlabki goli Aguero, ikkinchi goli esa Filippe Koutinyo hisobiga yozildi. Mazkur o‘yinda terma jamoa safiga chiqiruv olmagan futbolchilar ishtirok etishdi.