Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Nyukasl" futbolchisi klubdagi o‘zgarishlarga qanday munosabatda?

"Nyukasl" futbolchisi klubdagi o‘zgarishlarga qanday munosabatda?

Baho:
+ | -

"Nyukasl" klubi saudiyaliklar qo‘liga o‘tganidan hammanining xabari bor. Bu voqeadan hamma o‘z bilganicha xulosalar yasamoqda. Shuningdek, futbolchilar ham. "Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Jonjo Shelvi bu haqda intervyu berib o‘tdi. U "Daily Mail" nashri bilan suhbatda shunday fikrlar bildirgan: "Bu xabarni eshitgan muxlislar harakatga kelishdi. Ular stadionimiz tashqarisida yig‘ilishdi. Buni ko‘rish shunchaki dahshat edi. Hatto g‘alaba qozonganimizda ham ular bunchalik quvonmagan bo‘lsa kerak. Men stadion yoniga o‘z mashinamda bordim va muxlislarga qo‘shilishni istadim. Stadiondagilar munosabati shunchaki ajoyib edi. Chunki muxlislar o‘tmishda ko‘p azoblanishdi va bu xabar ularga yana umid bag‘ishladi. Buning uchun muxlislarga rahmat aytish kerak. Negaki, ular ham bu savdo amalga oshishi uchun birdek harakat qilishdi. Men juma kuni kechqurun "Blue Star"ga bordim. U yerda qariyb mingta klub muxlislari jamlanishgan va ularning hammasi arab kiyimlarida edi. Ular o‘zlarini juda ham baxtiyor his etardi".

Shelvi yangi rahbariyatning kelishi jamoaning hozirgi tarkibidagi futbolchilarni YECHL va APLni yutish uchun ilhomlantirganini aytdi. Ammo real davrda u ӯsha paytda klubda bo‘lmasligini tan oldi: "Men bu hodisalar sodir bo‘layotganda balki klubda bo‘lmasman. Chunki men bunga qancha muddat ketishini juda yaxshi bilaman. Ammo kimdur kelib bu haqda gapirganda futbolchi sifatida klubda yana qolishni va jamoa bo‘lagi sifatida bu narsalarga intilishni istaysiz. Mening klub bilan joriy bitimim 18 oydan keyin yakunlanadi. Shunday ekan mana shu davrda nimalarga qodir ekanimni isbotlashim kerak. Men bu ishga jiddiy qarayman. Chunki bu mening kasbim. Bu oson bo‘lmasligi aniq. Men berilgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilaman".

29 yoshli futbolchi sobiq rahbar Mayk Eshli klubni yana uzoq boshqarishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda Shelvi shunday deydi: "Muxlislar undan ketishini talab qilishardi va kutishardi. Bu ular uchun yaxshi yangilik bo‘ldi. Negaki, Eshli yana boshqaruvda davom etishi mumkin edi. Endilikda esa muxlislar nima xohlayotganini tushunaman. Ular Messi va Mbappe kabi o‘yinchilarni istashadi. Bu borada ayta oladigan gapim esa bitta: bu imkonsiz va biz realist bo‘lishimiz lozim. Sharoit nuqtayi nazardan klubimiz mashg‘ulotlar maydoni APL standartlariga to‘g‘ri kelmaydi. Biz futbolchilar shunday joyda o‘ynashga majbur edik. Oldin buni to‘g‘irlashga pul yo‘q edi. Buni qabul qilish oson bo‘lmagan. Hozir esa pul mavjud. Men buni birdaniga sarflash mumkin emasligini tushunaman. Bu uzoq vaqtlik jarayon. Ammo eng asosiysi muxlislar uchun yaxshi o‘yin qurish va shu yo‘lda davom etish. Bu klub istasa, hamma narsaga erisha oladi".

Klubning joriy murabbiyi Stiv Bryusning taqdiri hali hal etilmadi. Ammo yangi rahbariyat 60 yoshli mutaxassisni iste’foga chiqarishni o‘ylamoqda. Bryus o‘z murabbiylik faoliyatida minginchi o‘yiniga yaqin turganini ham ta’kidlash joiz. U kelayotgan turda "Tottenxem"ga qarshi bahga o‘z jamoasini boshlab chiqsa, bu dovonga yetgan bo‘ladi. Sobiq futbolchi Deni Myorfi Stiv Bryus faoliyati haqida shunday deydi: "Bilasizmi, inson yurishdan oldin birdaniga yurgurib keta olmaydi. "Nyukasl"ning hozirgi ahvoli o‘ta og‘ir. Ularning hozirgi murabbiyi klubni quyi pog‘onalarda olib kelgan va buni biladigan odam. Hozirgi vaziyatda ular yangi murabbiyga muhtojmi? Siz muxlislarni xursand qilish haqida gapirasiz. Hozir Eshli ketganidan hamma xursanddir. Ammo murabbiy masalasi kun tartibiga kelganda hech kim aniq nomzod keltira olmaydi. Firkimcha, hozir hech kim bu klubga jamoani turnirda saqlab qolish uchun kurashishga kelmaydi. Shunday ekan, Stiv Bryus o‘z o‘rnida qolishi va ishini davom ettirishi lozim".

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:42, 14.10.2021.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.