«PSJ» asosiy darvozaboni Keylor Navas terma jamoa safida jarohat oldi.
Marca xabariga ko‘ra, kosta-rikalik darvozabon o‘ng sonining qo‘shma mushagida noqulaylik his qilgan.
U ehtiyot chorasi sifatida maydonni tark etishga qaror qildi. Endi u tekshiruvdan o‘tish uchun Parijga qaytishi kerak bo‘ladi.