Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

YECHL. Sancho, Fernandesh, Ronaldu — Sulsher jamoasidan chempionlik kutish mumkinmi?

YECHL. Sancho, Fernandesh, Ronaldu — Sulsher jamoasidan chempionlik kutish mumkinmi?

Baho:
+ | -

Bir necha kundan keyin MYU Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvini o‘tkazadi. Bunga qadar "qizil iblislar" haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Manchester Yunayted

UYEFA reytingi: (2020/21 yakuni): 7

Qanday yetib kelishdi: Angliya vise-chempioni

O‘tgan mavsum: guruh bosqichi (Evropa Ligasi finalchisi)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi ishtirok: g‘olib (1967/68, 1998/99, 2007/08)

Bosh murabbiy: Ole-Gunnar Sulsher

"Manchester Yunayted" jamoasining chaqaloq yuzli qotili deb taxallus olgan Ole-Gunnar Sulsher futbolchilik vaqtida zaxiradan maydonga tushib gol urgan va jamoasini YECHL chempioni bo‘lishiga sababchilardan biri bo‘lganini yaxshi eslasangiz kerak. Norvegiyalik mutaxassis 2018 yilda «Myolde» klubidan keyin mankunianliklar boshqaruviga kelgan. O‘tgan mavsum jamoa Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi va APLda ikkinchi o‘rinni egalladi.


Asosiy o‘yinchi: Brunu Fernandesh

Krishtianu Ronaldu jamoaning eng mashhur va ta’sir otkaza oladigan futbolchisi bo‘lishiga qaramay, uning hamyurti Brunu maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi. APLning ilk turida «Lids» darvozasiga 3 ta to‘p yo‘llagan Fernandesh o‘zi uchun dahshatli startni amalga oshirdi va suratni ushlab oldi. O‘tgan mavsum uning APLdagi natijasi: 18 gol va 12 assist bo‘lgan edi. Brunu maydonda ekan, MYUning hujumlari uning uzatmalari orqali boshlanadi va jozibali ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Yozgi eng katta xaridi: Jeydon Sancho

O‘smirlik davrida "Manchester Siti"ni tark etib Dortmundning «Borussiya» klubiga borib qo‘shilgan Sancho joriy mavsum boshlanishidan oldin "Manchester Yunayted"ga o‘tdi. Erling Xoland bilan birga Bundesligani «gullatgan» vinger yangi mavsumni APLda boshlashni afzal ko‘rdi va ko‘pchilik kutgan transfer amalga oshdi. O‘zining yuqori texnikasi va tezligi bilan ajralib turadigan 21 yoshli angliyalik Yevro-2020 da ko‘rinish berdi.

O‘yinini ko‘rish kerak: Meyson Grinvud

19 yoshli futbolchi «Yunayted»ning asosiy jamoasida 3 mavsumdan beri o‘zining ko‘p funksiyali hujumchi ekanligini isbotlab kelmoqda. Aytish joiz, Sulsher mazkur yigitni oxirgi 12 oy ichida tarbiyaladi va unga ko‘p imkoniyat berdi. Joriy mavsumda MYU muxlislari qatori, mutaxassislar ham Grinvuddan yuqori darajadagi o‘yin kutishmoqda.

Bilasizmi?

"Manchester Yunayted" 20 marta Angliya chempioni bo‘lgan, lekin ikki marotaba YECHLda g‘alaba qozongan. Ushbu natijalar Ser Aleks Fergyusonning 27 yillik faoliyati davomida qayd etilgan. Mutaxassis 2013 yilda MYUdagi va murabbiylik faoliyatini yakunlagan.

Joriy mavsum «Vilyarreal», «Atalanta» va "Yang Boys" jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" ikki turdan keyin 1 mag‘lubiyat, 1 g‘alaba qayd etgan holda 3 ochko jamg‘argan. Kelgusi o‘yin Italiya klubiga qarshi 19 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 16:25, 14.10.2021.
O'qildi: 5777 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.