"Arsenal" ustozi Mikel Arteta klub afsonasi Terri Anri tanqidlariga munosabat bildirdi. U bu haqda shunday deydi:
"Nima? Men eshitganim yo‘q. Men bu gaplarni endigina, sizdan eshityapman. Modomiyki shunday fikr bildirilgan ekan, buni hurmat qilishimiz kerak. Hammaning fikri bor va uni bildirishga haqli".
Anri "Arsenal"ning rekordchisi hisoblanadi. Avvalroq u klub o‘yinlarini tanqid qilib, jamoani to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga shubha qilgan edi."Kanonirlar" hozirda 10 ochko bilan 11 o‘rinda turibdi. Ularning raqibi "Kristal Pelas" bo‘ladi.













