«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning aytishicha, hujumchi Ferran Torresning oyog‘i singan va u taxminan uch oyni o‘tkazib yuboradi.
«Ferran ikki-uch oyni o‘tkazib yuboradi. Zinchenko va Gyundogan jarohatidan tuzalib ketishdi, shuning uchun hammasi joyida,deb ayta olaman. Ammo Torresni bunday muddatga yo‘qotganimiz,achinarli», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi shaharliklar matbuot xizmati.
21 yoshli ispan Millatlar Ligasining Italiyaga qarshi yarim final uchrashuvida jarohat olgan edi.