Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 0-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 1-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Bugun Krishtianu Ronaldu "Lester"ga qarshi yana qanday rekordni yangilashi mumkin?

Bugun Krishtianu Ronaldu "Lester"ga qarshi yana qanday rekordni yangilashi mumkin?

Baho:
+ | -

Uni kimligini va futbol olamida qanday o‘rni borligini hamma yaxshi biladi. Krishtianu terma jamoa tarkibida ham, klub tarkibida ham birdek foydali bo‘lgan futbolchi. U yaqindagina terma jamoada gol urish bo‘yicha eronlik rekordchi Ali Daini ortda qoldirib, peshqadamlikni qo‘lgan olgan edi. Endi esa buni o‘z klubi tarkibida ham amalga oshirishga urunib ko‘radi. U shu paytgacha ham sanoqsiz rekordlar egasi. Bugun esa "Lester"ga qarshi buni yana kengaytirishi mumkin. "Manchester Yunayted" hujumchisi "Old Trafford"ga qaytganidan buyon 6 ta o‘yinda 5 ta golga mualliflik qilgan. Bu gollarni qo‘shib hisoblaganda esa uning klubdagi faoliyati davomida kiritgan gollari soni jami 794 taga yetadi. Bu juda katta ko‘rsatkich, albatta.

Xususan, 36 yoshli futbolchining "Real Madrid"dagi deyarli har bir gol urish bo‘yicha ko‘rsatkichlari rekord ko‘rinishiga kelgan. Uning ichiga klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar nomi ham kiradi. U ishtirok etayotgan bahslar hali-hamon muxlislar uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ronaldu "Yuventus"da uch yil harakat qildi va u yerda ham yangi rekord o‘rnatdi. U Italiyada, umuman Jahonda eng qisqa davr ichida 100 gol urgan futbolchiga aylandi. "Lester"ga qarshi bugungi bahs esa uning uchun o‘zgacha bo‘lishi mumkin. Krishtianu bugun faoliyati davomida 120 raqibga qarshi gol urish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Umuman olganda Ronaldu Yevropaning turli xil milliy chempionatlarida, turli xil kubok va sovrinlar uchun kurash olib borgan. Undagi raqiblar nomi ham juda keng, albatta. Bu Angliya ichki musobaqalarini va "Real", "MYU" hamda "Yuventus" tarkibidagi Chempionlar ligasi bahslarini o‘z ichiga oladi. Xususan, Ronaldu YECHLda faoliyati davomida 55 ta turli xil raqibga qarshi kurash olib borgan. Ular ichiga yaqinda "Yang Boyz" ham qo‘shildi. Bu bahsda CriRo`ning jamoasi mag‘lub bo‘lishiga qaramay, u gol urishga erishdi. Uning golga bo‘lgan muhabbati shunchalar cheksizki, maydonda istalgan payt uni to‘pning o‘zi "topib oladi".

Ronaldu Angliyaga birinchi bor tashrifida "Xall Siti" bilan bir marta to‘qnash kelgan. O‘shanda u dubl qayd etgandi. Ispaniyada esa "Sevilya"ga qarshi 18 ta bahsda 27 ta golga mualliflik qilgan. Taqqoslash uchun, uning "Chelsi"ga qarshi o‘tkazgan 15 ta o‘yini mavjud. Ammo gol soni atigi bitta. Bundan tashqari portugal Premyer-ligada "Fulxem", "Nyukasl", "Tottenxem", "Charlton", "Sanderlend", "Midlsbro", "Uigan", "Reading" hamda "Birmingem" kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda o‘z nomini tabloga yozib qo‘ya olgan. Hozir esa u "Lester" bilan to‘qnash kelish arafasida turibdi. Bu Krishtianuning "tulkilar"ga qarshi ikkinchi o‘yini bo‘ladi. Agar hujumchi ushbu o‘yinda gol ura olsa, butun faoliyatida 120-raqib darvozasiga gol kiritgan bo‘ladi. Bu esa mutlaq rekord ko‘rsatkichdir. Uning "Lester"ga qarshi birinchi o‘yini 2004 yilning aprel oyida yuz bergan va unda "MYU" 1-0 hisobida g‘alabaga erishgan. Yagona golga esa Ronaldu emas, balki himoyachi Gari Nevil mualliflik qilgan. Ana shunaqa gaplar.

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 10:52, 16.10.2021.
O'qildi: 3712 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик