Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Yosh fransuz iqtidori APL grandlari nazariga tushgan

Yosh fransuz iqtidori APL grandlari nazariga tushgan

Baho:
+ | -

«Monako» yarimhimoyachisi Aurelyen Tchuameni faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi ESPN nashri. Manba bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli fransuz futbolchisiga «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsum doirasida futbolchi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib,  ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yarimhimoyachi 35 million yevroga baholanmoqda.

Qolaversa, «Real» Aurelyenni Kazemiroga muqobil variant deb bilmoqda va futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

«Monako» rahbariyati o‘z futbolchisi grandlar e’tiboriga tushganini biladi, shu sabab yosh fransuz uchun kamida 60 million yevro ishlab olish haqida o‘ylamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Aurelyen Tchuamenining «qizil-oqlar» bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:04, 16.10.2021.
O'qildi: 2249 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик