"Barselona" hujumchisi Serxio Agueroni La Liganing 9-turi doirasida "Valensiya"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritdi.
Hozirgacha futbolchi jarohati tufayli Kataloniya klubi safida rasmiy o‘yinlarda qatnashmagan. Shu tariqa, u "Valensiya"ga qarshi o‘yinda "Barsa"da debyut qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik hujumchi so‘nggi bor shu yilning iyul oyida terma jamoasi safida maydonga tushgan edi.