Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futbol tarixidagi eng ko‘p golli uzatma amalga oshirganlar: Messi yoki Ronaldu qay biri ustun?

Futbol tarixidagi eng ko‘p golli uzatma amalga oshirganlar: Messi yoki Ronaldu qay biri ustun?

Baho:
+2 | -

 

Albatta futboldagi eng muhim narsa bu gol. Golning hayajoni va quvonchiga teng keladigan narsa yo‘q. Lekin, o‘sha gollar zamirida futbolchilarning uzatmasi ham yotadi. Ko‘pincha gollar haqida gapiramiz va rekordlarni hisoblab chiqamiz. Bugun stadion.uz futbol tarixida eng ko‘p golli uzatma amalga oshirgan 10 futbolchi haqida so‘z olib boradi.

10. Kevin De Bryuyne (Belgiya) – 225 uzatma

Kevin va pas bu sinonimlar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Volfsburg”dan “shaharliklar” tarkibiga kelgach, belgiyalik rostmana ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Uning bir-biridan chiroyli uzatmalarini ko‘rmagan muxlis bo‘lmasa kerak. Agar “Manchester Siti” xujumchilari KDBning hamma pasini golga aylantira olganda u so‘zsiz birinchi bo‘lar edi. 2019-2020 yilgi mavsumda belgiyalik pleymeyker Angliya Premyer-ligasida 20 ta golli uzatma amalga oshirdi va u shu tariqa "Arsenal" afsonasi Terri Anrining rekordini takrorlagan. De Bryuyne - gol + pas tizimi bo‘yicha bugungi kunda dunyoning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilaridan biri. U klubda ham, terma jamoada ham muntazam gol uradi va uzatma beradi: har ikki jamoada ham futbolchi mutlaq yetakchi.

9. Xavi (Ispaniya) - 230 golli uzatma

Xavi “Barselona”da ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan. U “ko‘k-anorranglilar” tarkibida 20ga yaqin sovrin yuta olgan. Shuningdek, Xavi terma jamoa tarkibida Jahon chempionati va Yevropa chempionatida zafar quchgan. Faoliyati yakunida ispaniyalik Qatarning “As-Sadd” klubida to‘p tepgan va u yerda ham bir nechta golli uzatma amalga oshirgan.

8. Sesk Fabregas (Ispaniya) - 241 golli uzatma

Fabregas haqiqiy mayestrolardan biri hisoblanadi. U ko‘p gol urmaydi. Ammo uning paslari jamoasi uchun doim foyda keltirgan. “Arsenal”, “Barselona” va “Chelsi” kabi klublarda o‘zini ko‘rsatgan ispaniyalikni yomon ko‘ruvchi muxlis bo‘lmasa kerak. Uning eng yodda qolarli uzatmasi bu 2010 yilgi Jahon chempionati finalida bo‘lgan. Aynan u o‘sha o‘yinda Inyestaning goliga uzatmani amalga oshirgan edi.

7. Tomas Myuller (Germaniya) - 242 golli uzatma

Tomasga ortiqcha ta’riflar kerak emas. U avvallari top goleador edi. Ammo so‘nggi yillarda Myuller ko‘plab gollarga uzatmalar bermoqda. “Bavariya”ning super jamoaga aylanishida uning hizmatlari juda katta bo‘lmoqda. 2019-2020 yilgi mavsumda Tomas Myuller Bundesliganing eng ko‘p golli uzatmasi bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 33 o‘yinda 21 ta golli uzatma berdi + futbolchi 8 ta gol urdi. Agar Tomas yana bir-ikki mavsum shu darajada o‘yin ko‘rsatsa, uni biz yanada yuqori pog‘onada ko‘rishimiz shubhasiz.

6. Frank Riberi (Fransiya) - 244 golli uzatma

Frank “Bavariya” safida juda ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan. Agar Messi va Ronaldu bo‘lmaganida u hech bo‘lmaganda bir marta “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritar edi. U va Robben qanotlarda juda faol o‘ynar edi. Ammo fransuz goldan ko‘ra ko‘proq assistni amalga oshirar edi. Uning yuqori tezligi va maydonni ko‘ra olish qobiliyati “Bavariya”ga juda ko‘p bor foydasi teggan. “Bavariya” o‘sha yillarda “Barselona” va “Real”ga qarshilik ko‘rsata oladigan kam sonli jamoalardan biri bo‘lgan.

5. Anxel Di Mariya (Argentina) - 248 golli uzatma

Di Mariya eng omadli futbolchilardan biri hisoblanadi. U Krishtianu Ronaldu, Leo Messi, Neymar va Mbappe singari yulduzlar bilan bir jamoa safida haraqat qilish baxtini biladi. Ammo u bunday yulduzlar orasida yo‘qolib qolmadi. Uning uzatmalari tufayli ham yuqoridagi futbolchilar ko‘plap gollar kiritgan. Anxel bir mavsumda eng kamida 11 ta golli uzatma bergan. Uning eng muvaffaqiyatli mavsumi 2013-2014 yilgi mavsum hisoblanadi.

4. Mesut O‘zil (Germaniya) - 256 golli uzatma

So‘nggi yillarda Arteta qadrlamagan yulduz futbol tarixidagi eng yaxshi pleymeykerlardan biri hisoblanadi. U golli uzatmalar amalga oshirish bo‘yicha eng yaxshi yarim himoyachi. Shundan bilishingiz mumkinki, oldindagi 3 futbolchining hammasi xujumchi. O‘zil o‘zining “oltin davri”ni “Real Madrid” tarkibida o‘tkazgan. Umuman futbol olamida uni yomon ko‘ruvchi muxlis topilmasa kerak. Uning bir xislatini hamma hurmat qilar edi. Gol urish uchun o‘zida imkoniyat bo‘lsa ham sheriklariga uzatma berish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. O‘zil uchun goldan ko‘ra pas muhimroq hisoblanar edi.

3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 265 golli uzatma

Ronaldu ko‘plab gol urishdan tashqari ancha golli uzatmani ham o‘z hisobiga qayd etib qo‘ygan. Uning 265 bor golli uzatma amalga oshirganiga ishonish qiyin, ammo shunday qilgan. Ronaldu “Real” tarkibida ko‘plab assistlarni amalga oshirgan. Albatta hozirgi kun futbolida ikki buyuk futbolchi bo‘lsa ularning biri so‘zsiz Krishtianu. Ronalduning jismoniy holati hamon a’lo darajada ekanligini hisobga olsak, u yana bir necha mavsum futbol o‘ynay oladi. Balki u o‘zining o‘rnini yanada ko‘tara olar. Ronaldu bu ko‘rsatkich bo‘yicha hozircha uchinchi o‘rinni egallagan.

2. Luis Suares (Urugvay) - 268 golli uzatma

Luis eng yaxshi xujumchilar qatoriga kira oladi. U Messi va Neymar bilan futbol tarixidagi eng daxshatli trioni tashkil etgan. Suaresning asosiy vazifasi gol kiritish bo‘lsa-da, uning golli uzatmalari ham talaygina. Albatta bunga sabab u “Barselona” tarkibida to‘p tepganligi. Ronaldu va Suares tez-tez ushbu reytingdagi ikkinchi o‘rinni almashib turadi. Luisda raqobat bor. Demak hali u ikkinchi o‘rinni saqlab qolish uchun kurashishi kerak.

1. Lionel Messi (Argentina) - 335 golli uzatma

Balki maqola boshidayoq siz birinchi o‘rin sohibi kim ekanligini anglab ulgurgandirsiz. Ta’kidlash joizki, Leoning bu reytingdagi o‘rnini yaqin orada hech kim tortib ololmasa kerak. U ko‘plab gol urishdan tashqari ancha ko‘p golli uzatmani ham amalga oshirib ulgurgan. Uni bekorga daho deyishmaydi. Faoliyatining asosiy qismini “Barselona”da o‘tkazgan futbolchini bu ko‘rsatkichi shunchaki fantastika. Keling, Messini yana bir nom bilan ataymiz “assistentlar qiroli”.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

 

Manba: www.stadion.uz.

 

Эслатма: Ушбу мавсум амалга оширилган голли узатмалар ҳисобланмаган.

Kiritildi: 19:31, 18.10.2021.
O'qildi: 9537 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.