Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"MYU" va Sulsher. Hozirgi holat haqida

"MYU" va Sulsher. Hozirgi holat haqida

Baho:
+ | -

"MYU"ga yangi yulduzlar kelib qo‘shilgach, hammasi o‘zgarishi kutilgandi. Oxirgi bahsda "Lester"ga mag‘lub bo‘linishi esa Sulsherga bosimlarni yanada kuchaytirib yubordi. Hozirgi vaqtda jamoa kiyinish xonasida muhit unchalik ham yaxshi deya olmaymiz. Buni quyidagi voqeada ham ko‘rishimiz mumkin. Ole-Gunar Sulsher "tulkilar"ga mag‘lubiyatdan keyin jamoa futbolchilari bilan "King Power" stadioni kiyinish xonasida naq 45 daqiqa suhbat qurgan. Unda nimalar deyilgani esa hali ochiqlangani yo‘q. Lekin bir narsa aniq: chempionlikka da’vogar sifatida ko‘rilayotgan klub sakkizta turdan keyin hozirda birinchi o‘rindagi "Chelsi"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. Mankunyanliklar 14 ochko bilan turnir jadvalining 6 o‘rnidan joy olib turibdi.

Yevropa matbuotida tarqalgan xabarlarda norvegiyalik mutaxassis klub yozda sifatli yarim himoyachi sotib olmaganidan xafsalasi pir bo‘lgani aytiladi. Shu zaylda jamoa muxlislarida umidsizlik va betoqatlik tobora ortib bormoqda. Uning iste’fosi bilan bog‘liq fikrlar ko‘payib qoldi. Ammo rahbariyat Olega ishonishda davom etmoqda. "MYU" kiyinish xonasida esa futbolchilarda ishonchsizlik kuchaygan. Buning oqibatida mavsumning muhim pallasida jamoa pastga tushib ketishi va inqiroz kelib chiqishi mumkin. Sulsher so‘nggi yettita o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘ldi. Eng alamlisi esa "Lester"ga. Agar mana shu bahs g‘alaba bilan yakunlanganda hammasi joyida bo‘lardi, ammo unday bo‘lmadi. "The Times" gazetasida ta’kidlanishicha, klub futbolchilari orasida munosabatlar murakkab va bu kiyinish xonasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Shunga qaramay, rahbariyat fikri bo‘yicha jamoa to‘g‘ri yo‘lda. Sulsher ishi uzoq muddatlik loyiha sifatida ko‘rilgan. Bunda tez orada APL g‘olibligini ko‘zlanishi ham aytib o‘tilgan. Ammo bundan buyon na Sulsherga va na jamoa futbolchilariga oson bo‘ladi. Negaki, ular 3 ta tur davomida mumkin bo‘lgan 9 ochkodan atigi 1 ochkogina to‘play oldi, xolos. Aksiga olib, taqvim ham o‘ta murakkablashib ketdi. Xususan, jamoa kelayotgan beshta bahsda "Atalanta"dan tashqari "Manchester Siti", "Tottenxem" hamda "Liverpul" bilan kuch sinashishiga to‘g‘ri keladi. Mashhur futbolchi, "Aston Villa" klubi afsonalaridan biri Gabriyel Agbonlaxor fikricha, Sulsher tez orada ishdan bo‘shatilishi va uning o‘rni Antonio Konte bilan to‘ldirilishi lozim.

U bu haqida "talkSPORT" radiosiga shunday deydi: "Ole-Gunar Sulsher "MYU" uchun Angliya chempionligini olib bera olmaydi. Ayniqsa, bu yili. Men bunga ishonmayman. Jamoa uni umumiy shtabga o‘tkazib, o‘rniga Konteni olib kelishi darkor. Olening ba’zi qarorlari jamoaga umuman mos kelmasdi. U yaxshi menejerlik qila olmayapti. Klub undan tezda qutulishi va Konte bilan bitim tuzishi kerak. U yulduzlar bilan ishlashni Sulsherdan ko‘ra yaxshi eplaydi".

Shunday fikrlar yangrashi, bosimlar, negativlar va umidsizliklardan keyin ham Sulsher iste’fosi ehtimoli unchalik ham yuqori emas. Xususan, u APLning 20 ta jamoasi murabbiylaridan ketishi kutilayotganlar orasida 4 o‘rinda turibdi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:55, 19.10.2021.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.