Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti "Barsa"ga qarshi o‘yin oldidan safga qaytganlar to‘g‘risida gapirdi

Anchelotti "Barsa"ga qarshi o‘yin oldidan safga qaytganlar to‘g‘risida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yindan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Jamoa uchrashuvga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rmoqda, Azar va Karvaxal safga qaytishdi. “Shaxtyor” bilan o‘yindan so‘ng bir oz muammolarga duch keldik, ammo biz ularni hal qilishga harakat qilyapmiz. "Barselona"ga qarshi o‘yinlar har doim qiyin kechgan, lekin bu ular uchun ham shunday bo‘ladi.

Benzema? Karim hozir klubdagi oldingi faoliyatimdan ko‘ra ko‘proq shaxsiyatga ega bo‘lgan yetakchi va men uning bu qobiliyatini yaxshi ko‘raman. Men uni yanada yetukroq va muhimroq futbolchi sifatida ko‘rayapman”, - dedi Anchelotti "Movistar" nashriga bergan intervyusida.


Eslatib o‘tamiz, "el-klasiko" 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.

Manba: Sport-Box.ru
Kiritildi: 07:51, 22.10.2021.
O'qildi: 3705 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик