Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bu bizning futbol, o‘zbekcha futbol

Bu bizning futbol, o‘zbekcha futbol

Baho:
+ | -

 

Har gal Yevropa futbolida hakamlarning qilgan xatolari haqida gapiramiz. Chaqir yoki Aytekinning “qovun tushurganlari” haqida ko‘pchilik yozgan. Buni ko‘plab yurtimizdagi futbol ishqibozlari ham bahslarga aylantirib yuborgan. Lekin yurtimiz futbolida sodir bo‘layotgan voqealar haqida ko‘p gapiravermaymiz. Bugun stadion.uz ushbu mavsum o‘zbek futbolida bahslarga sabab bo‘lgan hakamlar qarori haqida so‘z olib boradi.

“So‘g‘diyona” 1-0 “Turon” (2-tur)

Butun o‘zbek futbolini portlatgan vaziyat. Haqiqatdan bu holat yuzasidan juda ko‘p bahs munozaralar vujudga kelgan. O‘sha o‘yinning 52-daqiqasida Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari raqib darvozasi tomon xujum uyushtirayotgan edi va yo‘llangan zarba yaypanliklardan birining boshiga tekkan edi. Vaziyatga yaqin turgan Viktor Seraziddinov mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilagan edi. O‘yin taqdiri aynan o‘sha notog‘ri qaror bilan xal bo‘lib ketdi. Ya’ni 11 metrlik nuqtadan kiritilgan gol yakunda jizzaxliklarga g‘alaba taqdim etgan edi. Ushbu vaziyatdagi bahs nafaqat o‘yin vaqtida, balki o‘yindan so‘ng “Turon” murabbiyi tomonidan davom ettirilgan. Umuman olganda o‘sha vaziyatga hamma o‘z reaksiyasini bildirdi. Hozirda yaypanliklar uchun har bir ochko suv va havodek muhim sanaladi. Aynan o‘sha bir ochko tufayli jamoa quyi ligaga tushib ketsa, ular Seraziddinovni bunday xato uchun kechirishmasalar kerak.

“Navbahor” 1-2 “Paxtakor” (5-tur)

O‘zbek “klasiko”si nomini olgan bahs doim qiziqarli va tortishuvlarga boy bo‘ladi. Muxlislar esa bu jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvda ko‘pincha hakamlardan norozi bo‘ladi. Albatta bu yil unday holat kuzatilmaganda hayron qolar edik. Superligamizning 5-turidan o‘rin olgan Namangandagi bahs yakunda juda katta mojarolar keltirib chiqargan. O‘yin 1-1 hisobida yakunlanayotgan edi. Ammo o‘yin tugashi arafasida Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar Sardor Rashidovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni penalti deb hisoblashdi. “Sherlar” o‘yin so‘ngida o‘sha qaror tufayli g‘alabani ilib ketishgan edi. Ammo o‘sha vaziyat penaltiga tortish tortmasligi to‘g‘risida, juda katta bahslar vujudga kelgan edi. Muxlislar tomonidan stadionga uloqtirilgan narsalar va O‘zMTRK mashinasini ayanchli holatga keltirgani bilan hammasi yakunlangan edi. Qiziq tomoni shunda ediki, Norsafarov vaziyatni baholashi uchun unda VAR bor edi. Firdavs undan foydalandi. Ammo penalti bor yo‘qligini aniqlash uchun 7-8 daqiqa vaqt davomida takror va takror vaziyatni tomosha qilgan edi. Yakunda u ko‘rgan penaltini juda ko‘plab muxlislar ko‘rishmagan.

“Nasaf” 1-0 “So‘g‘diyona” (12-tur)

 O‘yin davomida yana bir katta janjal keltirib chiqargan uchrashuv ko‘pchilikning esida bo‘lsa kerak. 53-daqiqada qashqadaryoliklar hisobda oldinga chiqib olishgan edi. O‘yin yakunlanishi arafasida jizzaxliklar hisobni tenglashtirdi. Ammo VARning aralashuvi tufayli Kolakovichning goli bekor qilindi. Ushbu vaziyatda o‘yinni sharxlab borayotgan tajribali sharxlovchi Murod Rizayev ham hakamning qaroriga hayron qolgan edi. Ikkinchi qavatdagi kurash jarayonida fol bor edi deb topgan Shavkat Nasibullayev o‘sha vaziyatdan boshlab o‘yin tizginini qo‘lidan chiqarib yuborgan edi. Asabiy holatda o‘yinni davom ettirgan jizzaxliklardan 95-daqiqada Jamshid Boltaboyev maydondan chetlatilgan va 5 turga diskilifikasiya qilingan edi. Yakunda “So‘g‘diyona” o‘sha o‘yinda o‘zlarining ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan edi va kamiga 5 ta tur asosiy tarkib o‘yinchisi hizmatidan foydalana olmagan edi. Hozirda Baqoyev shogirdlari 2-o‘rin uchun kurashmoqda va ular uchun har bir ochko juda ham qadrli.

“Paxtakor” 4-2 “Qizilqum” (22-tur)

1 hafta oldin bo‘lib o‘tgan uchrashuv ko‘pchilikning yodida qolgan. Asosiy bahsli vaziyat bu penaltilar belgilangan vaqtda bo‘lgan edi. Birinchi penalti Doston Hamdamovning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachining oyog‘iga tegib so‘ng qo‘liga tekkan edi (agar tekkan bo‘lsa), hakam ushbu vaziyat uchun 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Cheran penaltidan yanglishmadi va hisobni 2-1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Keyingi bahsli qaror 2-bo‘limda yuzaga keldi. Abror Ismoilovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikni penalti deb hisoblagan Firdavs Norsafarovning qarori yana bahslar keltirib chiqardi. "Bir oyog‘i jarima maydoni chizig‘ida ikkinchisi tashqarida edi"- deya Navoiydan kelgan muxlislar vaziyatga o‘z reaksiyasini bildirgan. Takroriy lavhani ko‘rib haqiqatdan bahslarga arzirli qaror ekanligini bilishingiz mumkin. Yana Cheran 11 metrlik nuqtadan raqib darvozasiga top kiritib jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan edi. Yakunda Draganning xet-trigi o‘yin taqdirini hal qilgan. “Qizilqum” murabbiyi Xamidjon Aktamovning Firdavs Norsafarov tomonga yog‘dirilgan gaplarini ko‘pchilik eshitgan. Muxlislar xabar topmagan yana bir dahanaki jangga ham menimcha o‘sha qarorlar sabab bo‘lgan. Negaki, Ignatiy Nesterov va Abror Ismoilov o‘rtasidagi janjalga boshqacha sabab topib bo‘lmaydi.

 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:30, 22.10.2021.
O'qildi: 8756 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.