Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Arteta va Smit «Arsenal» - «Aston Villa» uchrashuvidan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi

Arteta va Smit «Arsenal» - «Aston Villa» uchrashuvidan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, kecha APL 9-turni «Arsenal» - "Aston Villa" o‘rtasidagi uchrashuv boshlab berdi.

O‘yinda 3:1 hisobida mezbonlar g‘alaba qozonishdi. Mazkur g‘alabadan keyin «Arsenal» 14 ochko bilan APL jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Uchrahshuvdan keyin londonliklar ustozi Mikel Arteta jamoasini qo‘llab-quvvatladi va o‘z darajalarini ko‘rsatishganini aytib o‘tdi.

"Shogirdlarimning o‘yin boshidan ko‘rsatgan o‘yinlari va uslublarini ko‘rib juda ham rohatlandim.

Men buni "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yindan keyin kiyim almashtirish xonasida aytganman. Ular o‘shanda ba’zi yuzaga kelgan vaziyatlardan qoniqishmagan va buni bajarish uchun ko‘proq mahorat va sifatga ega ekanliklarini bilishgan.

Biz bu haqda gaplashdik, ularda ajoyib reaksiya kuzatildi va ular yosh bahona bo‘lmasligini bilishadi. Biz buni o‘zgartira olmaymiz. Biz musobaqadagi eng yosh jamoamiz ba boshqa narsalarni o‘zgartirishimiz mumkin. Boshqa jihatlarni yaxshilash imkoniyatiga egamiz va hozir bu ish sodir bo‘ldi. Bugun shogirdlarim o‘zlari o‘ynay oladigan darajani namoyish etishdi va o‘ylaymanki, muxlislar bugungi o‘yindan zavqlanishdi".

"Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smit ham o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yinning birinchi bo‘limida xuddi mavsumning ilk bahsi - «Uotford»ga qarshi kechgan uchrashuv singari juda yomon harakat qildik. Jamoam jismonan tez-tez ustunlik erishadi, ammo bugun ular shu jihat bo‘yicha ustunlik qilishdi. Buni qabul qilish og‘ir va buni birinchi taymdan keyin shogirlarimga aytib o‘tdim. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yindan qoniqish hosil qildim, ammo birinchi bo‘limdagidan emas. Bugun biz uchun haqiqatan ham og‘ir o‘yin bo‘ldi".

«Emireyts» stadionidagi mag‘lubiyat "Aston Villa" uchun Premyer-Ligadagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Keyingi uchrashuvlar «Tottenxem» va «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkaziladi.


Manba: premierleague.com
Kiritildi: 08:37, 23.10.2021.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.