Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/05 00:00 Sevilya 1-2 Barselona
27/05 19:00 Lokomotiv 1-1 Surxon

Gvardiola «Brayton»ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Gvardiola «Brayton»ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Brayton»ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uning fikricha, «Siti» mazkur o‘yinda ikkinchi bo‘limdan juda qimmatbaho saboqlarni olgan.

Gvardiola jamoasi kutilmagan ajoyib startdan keyin o‘z darajasini tashlab yuborganini tan oldi, lekin bu futbolchilari uchun yaxshi tajriba bo‘lgani, to‘pdan oqilona foydalanish kerak ekanligi haqida ishonib gapirdi.

"Nima uchun ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynamaganimizni aytaman. Bu o‘yinda, siz to‘pni nazorat qilishingiz kerak. Agar unga egalik qila olmasangiz, jazolanasiz.

«Brayton» nima qilishni yaxshi biladi. Birgalikda azob chekdik va bu kelajakdagi o‘yinlar uchun yaxshi saboq. Qaysi stadionda bo‘lishini farqi yo‘q, muvaffaqiyatga erishadigan yagona vaqtingiz - bu to‘p bilan muomala qilish, unga egalik qilish. Raqib yaxshi formada bo‘lib turganida, to‘pni berib qo‘ydik va bunda tabiiyki jazolanasiz".

Fil Foden mazkur bahsda o‘zining salohiyatini namoyish etgan holda, jamoasining markazida asosiy rolni o‘ynadi va 2 gol, 1 assist qayd etib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ispaniyalik mutaxassis 21 yoshli yarim himoyachining moslashuvchanligidan to‘liq qoniqqanini aytib o‘tdi.

"Ba’zi o‘yinchilar bir pozisiyada o‘ynashadi, ba’zilari esa futbol o‘ynaydi. Savolga qaytadigan bo‘lsam, Fodenga qayerda o‘ynashning farqi yo‘q, u istalgan pozisiyada yaxshi harakat qiladi. Muhimi, o‘yinni ichiga kirib olishi. Ba’zida uni o‘ng qanotda, ba’zan chap qanotda o‘ynatamiz. Farqi yo‘q.

Fil bugungi o‘ynagan pozisiyasida yanada xavfliroq, chunki u juda yosh. Ammo, uning darajasi humdagi uchlikda o‘ynashga ham imkon beradi".

"U hujumchi, yolg‘on to‘qqizlik, o‘ng va chap qanot vingeri sifatida o‘ynay oladi. Oxirgi o‘yinlarda unda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Yosh bo‘lganligi uchun ham darvozabon qarshisida to‘g‘ri qarorlar qabul qila olmadi. Biroq, uning o‘yinga qo‘shgan hissasida juda ham mamnunman. Uni futbolchi sifatida yaxshi ko‘raman. U bizga kerak bo‘lgan narsalarni vaqtida beradi. Uning darajasi ushbu rolni o‘ynash uchun zamin yaratadi. «Enfild»da vinger sifatida o‘ynaganida ham biz uchun muhim o‘yinchi bo‘lgan edi.

U yarim himoya chizig‘i futbolchisi va gol urishga ishtiyoq baland. Undan talab qilinadigan yagona narsa - bu maydon ichida va tashqarisida xotirjamlikni saqlab qolish. Chunki, u hali ham yosh".

Gvardiola «Brayton» ustozi Grehem Potter haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Ikki yil oldingi fikrimda hali ham qolaman. Ular qilayotgan ishlarni yoqtiraman. O‘tgan mavsumgi o‘yini juda yoqqandi va yaxshi o‘ynab natijaga erisha olishmagandi. Uni «Suonsi»ni boshqarayotgan vaqtidan beri bilaman. Shuning uchun ham, bugungi g‘alabani qadrini bilaman.

Angliya futboli Grehemdek murabbiylarga ega bo‘lishi yaxshi. U oliyjanob. Uning jamoasi tajovuzkor o‘ynaydi va ularning o‘yinini tomoshabin sifatida ko‘rishni yoqtiraman. Bu jamoani aniqlay olaman".

Manba: mancity.com
Kiritildi: 08:51, 24.10.2021.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.