Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Come back»chi Ronaldu va «MYU» Kloppning quvnoq yigitlariga qarshi(prevyu)

«Come back»chi Ronaldu va «MYU» Kloppning quvnoq yigitlariga qarshi(prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Angliya premyer ligasida 9-turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Manchester shahrining «qizil» jamoasi Liverpul shahrining asosiy jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Ikkala jamoa ham mavsumni ko‘tarinki ruhda boshladi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. «Yunayted» chempionatning ilk turlarida ishonchli g‘alabalarga erishdi. Keyin bir muddat jamoada tushkinlik holati kuzatildi va ochko olishi kerak bo‘lgan uchrashuvlarda ham ochkolarni boy berib qo‘ydi. «Liverpul»ga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular ham mavsumni omadli start bilan boshladi va hali aytarli «zarba» qabul qilganicha yo‘q. Jamoa bu yilgi mavsumda mag‘lub bo‘lmagan kam sonli jamoalar biri bo‘lib turibdi.

Jamoalar barcha musobaqalarda umumiy 208 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ulardan 82 tasida «Yunayted»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 68 uchrashuvda «bitlschilar» zafar quchgan. Yana 58 o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlagan. «Yunayted»ning eng yirik g‘alabalari 5:0 ,6:1 bo‘lsa, «Liverpul» raqiblarini 7:1 hisobida yenggan.

«Manchester Yunayted»

So‘nggi vaqtlarda jamoa atrofida turli xil mish-mish fikrlar yuribdi. Kimdir Sulsher tez orada jamoadan ketadi, desa yana boshqa kishi rahbarlar unga natija qo‘lga kiritilguncha imkoniyat berishini ta’kidlamoqda. APLning so‘nggi turida klub mehmonda «Lester»dan qaqshatkich mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Garchi o‘sha o‘yinda «qizil iblislar» birinchi bo‘lib hisobda oldinga chiqib olishgan bo‘lsada, yakunda 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu uchrashuvdan bir tur oldingi bahsda ham deyarli shunday voqea bo‘lishi mumkin edi, lekin «Everton»ning «Yunayted»ni yengishga kuchi yetmadi va murosaga rozi bo‘lgandi 1:1. «Manchester Yunayted» o‘zining so‘nggi o‘yinini chorshanba kuni Yevropa Chempionlar ligasida «Atalanta»ga qarshi o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvni kuzatgan muxlislar mankunianliklarning 0:2 hisobidan keyin kambek qilishini tasavvur ham qilolman bo‘lsa kerak. Lekin jamoa ikkinchi taymda maydonga umuman boshqa kayfiyatda tushdi va 3 ta gol urib o‘zining an’anasiga sodiq qoldi 3:2. Bu g‘alaba «Yunayted»ga o‘z guruhida peshqadamga aylanishiga imkon berdi.

Jamoada o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi ostida qolgan bir nechta futbolchilar bor. Ular orasida himoyachi Rafael Varan maydonga tushmasligi aniq. U Millatlar ligasi bahslarida Fransiya termasi tarkibida jarohat olgan edi. Varandan tashqari Brunu Fernandesh, Markus Reshford, Fred, Diallo va Marsallar «Yunayted»ga yordam berishi so‘roq ostida qolmoqda, futbolchilarning barchasida kichik jarohatlar bor.

«Liverpul»

«Liverpul» bugungi kunda o‘zining eng optimal tarkibiga ega bo‘lgan holda ushbu uchrashuvga yetib kelmoqda. Futbolchilar va murabbiy o‘rtasida ham hech qanday tushinmovchiliklar yo‘q. Har holda bu holat kuzatilganda, biz bu haqida matbuot orqali xabar topgan bo‘lardik. APLning oxirgi turida «Liverpul» mehmonda super g‘alabni qo‘lga kiritdi. Ular «Uotford» maydonida 5 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishdi. Yana bir e’tiborli jihati anchadan beri o‘zini ko‘rsata olmayotgan Roberto Firminoning 3 gol kiritgani bo‘ldi. Bir tur oldin esa «Enfild»da liga favoritlaridan biri «Manchester Siti» bilan kechgan bahsda janggovor durangga imzo chekkandi 2:2. Jamoa so‘nggi o‘yinini seshanba kuni Madridda «Atletiko»ga qarshi o‘tkazdi. Liverpulliklar ushbu o‘yinni super tarzda boshlab, hisobda 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib olishgandi va «Atletiko» hisobni tenglashtirgach ham o‘zlarida o‘yingga bo‘lgan ishtiyoqni tushirib yubormasdan g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘lishdi. Muhammad Saloh yana katta sahnaga chiqdi. Yakuniy hisob 2:3 angliyaliklar foydasiga. Jamoa yetakchisi va to‘purari Muhammad Saloh bu mavsumda ham «Liverpul»ni o‘z ortidan tortishga harakat qilmoqda va buni uddalay olyapti.

Jamoada jarohatlar bilan deyarli muammolar yo‘q. Asosiy futbolchilarning barchasi bugungi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. So‘nggi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, birgina Kyortis Jons maydonga jarohat tufayli tushmasligi aytilmoqda.

Murabbiylarning o‘yindan oldingi fikrlari.

Yurgen Kloop «Liverpul» bosh murabbiyi uchrashuvdan oldin raqiblari chempionatda eng ko‘p penalti tepishiga e’tibor qaratdi.

«Bu haqda gapirmoqchi emasdim, lekin ular bizga qaraganda ko‘proq penalti tepishadi. Bunda hakamlarni ayblamoqchi emasman. Men ularning o‘rniga qaror chiqarmayman.

«MYU»da yaxshi futbolchilar yig‘ilgan ular jarima maydonchasiga tezda kirib borib vaziyat yaratish bo‘yicha ancha yaxshi ko‘rsatkichga ega.

Bugungi o‘yin oldidan maydonda kuchli raqobat bo‘lishiga ishonaman», dedi Yurgen.

Ole Gunnar Sulsher «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi: «Menga murabbiy sifatida ishlash yoqadi, men hayotdan zavqlanyapman.

Men har doim o‘z futbolchilarimga aytamanki, «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida, klub libosini kiyib, «Liverpul»ga qarshi o‘ynash sharafiga va mas’uliyatiga ega bo‘lgan holda, siz maydonda boringizni berishingiz kerak».

Taxminiy tarkiblar

«Manchester Yunayted»: De Xea - Dalot, Shou, Lindelef, Telles, Pogba, Fred, Grinvud, Sancho, Fernandesh, Ronaldu.

«Liverpul»: Alisson - Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson, Fabinyo, Milner, Salox, Firmino, Mane.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 09:17, 24.10.2021.
O'qildi: 3874 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.