Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

"Arsenal" afsonasi hozirda jamoa uchun eng zarur narsa nima ekanini aytdi (intervyu)

"Arsenal" afsonasi hozirda jamoa uchun eng zarur narsa nima ekanini aytdi (intervyu)

Baho:
+ | -

"Arsenal" bir necha yillardan buyon eng katta inqirozli top klub bo‘lib qolmoqda. Jamoada murabbiy almashdi va bu keskin o‘zgarishlarga olib keldi. 20 yildan ziyod davom etgan Venger davri yakunlanganidan so‘ng, klub uslubiyatini o‘zgartirish mushkullashib ketdi. Bu o‘z navbatida futbolchilar ongida bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘sha boshliqlarni to‘ldirish oson bo‘layotgani yo‘q. Unai Emeri kelib, ahvolni biroz o‘nglaganday bo‘ldi, ammo amalda bu sezilmadi. Undan keyingi Arteta davri esa murakkabroq kechmoqda. Unga klubni loyiha sifatida kelajak jamoasiga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Bu ish oson kechmayapti. Xususan, "Arsenal" bu mavsumni juda yomon boshladi. 3 ta mag‘lubiyat hali klubning yaqin tarixida kuzatilmagan edi. Bugunga kelib, holat biroz o‘zgarganday. "Aston Villa" bilan jamoa yaqin davrdagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatdi. Bu haqda "Arsenal" afsonasi Ian Rayt o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ian Rayt "kanonirlar" umid bo‘lgan Saka, Smit-Rou va Partilar, hujumchi Obameyangga ko‘proq gol urishida yordam berishi kerakligini ta’kidladi. U jamoa yarim himoyasidagi o‘yinchilar yanada ko‘proq gol urish zarurligiga alohida urg‘u berdi. Aynan maydonning markaziy qisimida harakat qiluvchi futbolchilar jamoa hujumi uchun katta ahamiyatga ega. "Aston Villa" ga qarshu juma oqshomida kechgan bahsda ganalik futbolchi Tomas Parti klub safidagi ilk golini urdi. Ushbu voqea Artetaning yarim himoyachilar bilan alohida ishlayotganini ko‘rsatib berdi. Ikkinchi bo‘limda esa hujumkor futbolchi Smit-Rouning goli yirik hisobni ta’minlab berdi. Hozirda 57 yoshni qarshilagan sobiq "to‘pchi" Rayt esa jamoadan aynan shunday futbol kutayotganini aytib, Saka va Roular asosiy figuraga aylanganini bildirdi. U "Premier League Productions"ga intervyu berar ekan quyidagilarni ta’kidlaydi:

"Siz Tomasning golidan biroz ilgari darvoza to‘sinini nishonga olganida muxlislarning jahli chiqqaniga guvoh bo‘lgandingiz. U darvozaga turlicha masofalardan va nuqtalardan zarba bera oladigan futbolchi. U o‘shanda golga loyiq o‘yin ko‘rsatdi va bunga erishdi. Men Partini yana ko‘p gollarda ishtirok etishini istayman. Negaki, jamoa yarim himoya vakillari uradigan gollarga ko‘proq muhtoj bo‘lib turibdi. Biz buni hozirgacha Smit-Rou hamda Saka singari yoshlarda kuzatayotgan edik. Bu endilikda Obameyang bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim. Menga aynan ana shunday futbol ma’qul keladi".
Ingliz mutaxassisi Daren Bent ham Rayt fikrlariga qo‘shilgan holda bunga qo‘shicha qiladi. U ham Partining gol uchun harakat qilishi kerakligini aytdi: "Biz Tomasni 35 yard uzoqlikdan ham darvozaga tepishini ko‘rar edik. Ammo goldan darak yo‘q edi. Menimcha, hozir u o‘z mavqeyi, jismoniy va aqliy holati bilan ko‘roq gol urishni boshlashi lozim. Jarima zarbalaridan bu ishni qilsa, yanada yaxshi. Negaki, u ajoyib teyker".

To‘pchilarning 3-1 hisobidagi "Aston Villa" ustidan g‘alabasi ularning mag‘lubiyasiz seriyasini barcha musobaqalarda yettitaga yetkazdi. Jamoa sardori Obameyang esa 8 ta uchrashuvda to‘rtinchi golini urdi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:30, 24.10.2021.
O'qildi: 1755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.