Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bosh hakam «Andijon» foydasiga ko‘p qaror chiqarishini bilardik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bosh hakam «Andijon» foydasiga ko‘p qaror chiqarishini bilardik»

Baho:
+ | -

Biroz avval O‘zbekiston Superligasi 23-tur doirasidagi so‘nggi uchrashuv yakunlandi. «Andijon» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin Qarshi klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi bahsda maydon bilan ham, raqib bilan ham ancha kurashdik. Uchrashuvda futbolchilarga mag‘lub bo‘lmaslik ko‘rsatmasi berilgandi. Raqibimiz ko‘proq standart vaziyatlardan o‘z omadini sinab ko‘rishini bilardik va jamoamga ham shu haqida ko‘rsatma berilgandi. Afsuski, birinchi taymda aynan standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishni boshladik. Hisob tenglashgandan keyin ham Andriya Kaluderovich va G‘olib G‘aybullayevda ikki qulay vaziyat bo‘ldi.

Golli vaziyat haqida gapiradigan bo‘lsam, bilmadim, hakam nega bunday qaror chiqardi?! O‘zi o‘yin boshlanishidan oldin, bosh hakam «Andijon» foydasiga ko‘p qaror chiqarishini bilardik. Darvozamiz tomon belgilangan penalti qo‘yilgan holat 11 metrlik jarima zarbasi belgilanadigan vaziyat emasdi. O‘yindan avval futbolchilarim menga bugungi o‘yinda g‘alaba qozona olmasligimizni aytishgandi. Shu sabab, o‘yinni davom ettirmaslikka qaror qildik. Agar, biz muxlislar mehrini qozongan bo‘lsak, o‘z o‘yinimiz, g‘alabalarimiz orqali qozondik. Bizga hech kim yordam bermagan.

OFK kubogi finali haqida o‘ylaganimiz yo‘q, lekin ko‘plab futbolchilarimizda charchoq alomati bor edi. Bugungi bahsda har ikki jamoaga ham ochko zarur edi. Sababi, raqib elitada qolishga, biz esa medallar uchun kurashmoqdamiz.

Maydon holatida haqida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman, bu stadionda «Nasaf» o‘z o‘yinini namoyish eta olmaydi. Biz sharoitlarni to‘g‘rilatishimiz kerak. Bu kabi sharoitda futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Sekeyra va Xuistraning gaplariga keladigan bo‘lsak, sharoit yomon bo‘lsa gapirish kerak, ammo qandaydir misollar keltirish xato, deydi «Nasaf» ustozi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 18:56, 25.10.2021.
O'qildi: 10779 marta.
Fikrlar: 90 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик