Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Timur Kapadze va Jasurbek Jaloliddinov U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etishdi

Timur Kapadze va Jasurbek Jaloliddinov U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 oktyabridan 2 noyabriga qadar  yurtimizda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi «D» guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Bugun «Paxtakor» stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan jamoalar murabbiyi va futbolchilar ishtirokida rasmiy matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoa a’zosi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etdi.

Timur Kapadze:

— Ushbu bosqich biz uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Ayniqsa, bahslar O‘zbekistonda o‘tkazilishi biz uchun qulay bo‘ldi. O‘ylaymanki, oldimizda turgan o‘yinlar xalqaro tajriba taqdim etib, o‘zimiz uchun holatimizni, darajamizni aniqlab olishimizga xizmat qiladi.

— «Nasaf» klubining finalga chiqqani bizga hech qanday ta’sir qilgani yo‘q. To‘g‘ri, Husayn Norchayev ushbu yig‘inga jalb qilinmadi, biroq bu  boshqa futbolchilarga o‘zlarini ko‘rsatishi uchun imkon yaratadi. Umuman olganda, bunday musobaqalardan hamma uchun tajriba oladi.

— Yosh jamoa bilan musobaqada ishtirok etish katta muammo emas, chunki biz o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz va ular yo‘lida to‘g‘ri harakat qilmoqdamiz, deb o‘ylayman. Bizda tanlov katta, iqtidorli yoshlarimiz ko‘p. Jalb qilingan 23 nafar futbolchimiz ushbu 3 ta o‘yinda o‘zlarini ko‘rsatishlariga ishonaman.

Shuningdek, barcha jamoalarga omad tilayman.
 
Jasurbek Jaloliddinov:

— Ertaga bizni Saudiya Arabistoniga qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Biz ushbu jamoaga qarshi 3 marta o‘ynaymiz. G‘alaba qozonish uchun hamma narsa mavjud, ayniqsa, bizda hozir g‘alaba kayfiyati bor. Murabbiyimiz bizni bu musobaqaga tizimli tayyorlab kelmoqda, oldimizda turgan barcha uchrashuvlarda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

— Futbol, albatta, muxlislar uchun. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, shu sabab muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishlariga ishonamiz. Chunki biz ular bilan birga biz yanada kuchliroq bo‘lamiz.

Manba: FAUzbekistan
Kiritildi: 16:46, 26.10.2021.
O'qildi: 2895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.