Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Belgrad-2021. Do‘smatov - Bibosinov jangida hakamlarning baholari to‘g‘ri bo‘ldimi?

Belgrad-2021. Do‘smatov - Bibosinov jangida hakamlarning baholari to‘g‘ri bo‘ldimi?

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

"The Fight Site" jurnalisti Teylor O’Xiggins boks bo‘yicha jahon chempionatida 51 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tgan Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinov o‘rtasidagi jangga o‘z munosabatini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, hakamlarning qarori bilan qozog‘istonlik bokschi g‘alaba qozondi — 0:5 (28:29, 28:29, 28:29, 27:30, 27:30).

«Nazarimda, Bibosinovga qarshi jangda hakamlarning baholari borasida Hasanboy Do‘smatovga omad kulib boqmadi. Bu saviya borasida bir-biriga yaqin bokschilarning o‘zaro jangi bo‘ldi. Unda istalgan sportchi g‘olib chiqishi mumkin edi. O‘zbekistonlik sportchi ikkinchi raundda yaqqol g‘alaba qozondi (ammo hakamlarning 3 nafari ikkinchi bo‘limda ustunlikni Bibosinovga berdi — Stadion.uz izohi). Saken esa uchinchi raundda ustunlikka erishdi. Barcha narsa birinchi raundda kim g‘alaba qozondi, deya hisoblashingizga bog‘liq.

Bibosinov zarbalarining aksariyat qismi raqib qo‘lqopiga tegdi yoki mo‘ljalga aniq bormadi, ammo u Do‘smatovning xuk zarbalari noaniq chiqishiga majbur qildi va bir nechta aqlli harakatlarni amalga oshirdi. Ammo Hasanboy dastlabki 2ta raundda haqiqiy muvaffaqiyatga erishdi.

Do‘smatov birinchi bo‘limni ishonchli boshladi, ammo Bibosinov raundning so‘nggi daqiqasida o‘ziga keldi. Natijada 4 hakam o‘z bahosini unga berdi. Har qanday holatda ham hozircha bu musobaqadagi eng yaxshi jang bo‘ldi. Afsuski, ular ilk bosqichdayoq to‘qnash kelib qolishdi», — deya yozdi jurnalist tvitter orqali.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 08:47, 27.10.2021.
O'qildi: 5762 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.