Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Moyes: "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ham super atmosfera bo‘lishiga ishonaman"

Moyes: "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ham super atmosfera bo‘lishiga ishonaman"

Baho:
+ | -

"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya Liga kubogi 4-bosqich doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinchilar sizning (muxlislarga aytilgan) qoyilmaqom qo‘llab-quvvatlashingizga ajoyib javob qaytarishdi, stadionning ichidan kelayotgan shovqin qo‘rqinchli edi va biz buni davom ettirishni istaymiz. Yanvarda "Vest Xem"ga kelganimga 2 yil bo‘ladi va ushbu vaqt oralig‘idagi klub atrofidagi atmosferaning o‘zgarishi ishonib bo‘lmas darajada bo‘ldi. Yetti kun ichida uchta g‘alabaga erishish va gol o‘tkazmaslik - hamma uchun juda yoqimli. «Shporlar»ga qarshi o‘yinda stadion ichidagi atmosfera super edi va aminmanki, bugungi o‘yinda ham xuddi shunday muhit bo‘ladi".

"Bugungi bahs qanday qiyin kechishini bilamiz, lekin yaqin kunlardagi formamizni va natijalarimizni davom ettirish uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatamiz hamda keyingi bosqichga yo‘l olamiz".

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:18, 27.10.2021.
O'qildi: 2163 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик