Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Erik ten Xag, Xavi va Klopp. «Barselona»ning yangi qutqaruvchisi kim bo‘ladi?

Erik ten Xag, Xavi va Klopp. «Barselona»ning yangi qutqaruvchisi kim bo‘ladi?

Baho:
+ | -

«Barselona» nihoyat Ronald Kumanni iste’foga chiqardi. Hal qiluvchi bahs Madrid klubiga qarshi bo‘ldi, ammo bu «Real» emas, aksincha poytaxtning boshqa jamoasi «Rayo Valyekano» bilan o‘yindan so‘ng yuz berdi. «Stadion.uz» nashri gollandiyalik mutaxassisning o‘rnini kim egallashi mumkinligi haqida fikr yuritadi.

Ronald Kumanning ishdan bo‘shatilishini kutilmagan hodisa deb bo‘lmaydi. Ikki mavsumdan beri yuzaga kelayotgan omadsiz uchrashuvlar bunga sabab bo‘ldi. Gollandiyalik murabbiy klub miqyosidagi katta muvaffaqiyatlari bilan maqtana olmaydi. Niderlandiya chempionatidagi 2000 yillardagi g‘alabalarni unchalik muvaffaqiyatli davrlar deb bo‘lmaydi. «Barselona»ning oldingi rahbariyati Kumanni murabbiy etib tayinlaganida, bu qarorni hech kim tushunmagandi. Saylovlarda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi uchun jamoa boshqaruviga klub afsonasini tanlash populistik qaror edi. Biroq, bu reja ish bermadi. Kataloniyaliklarning hozirgi prezidenti Joan Laporta Kuman qoniqarsiz o‘yinlariga chidashi kerak edi, lekin hamma narsaning chegarasi bor. «Real»dan uchralgan mag‘lubiyatni ko‘pchilik kutilmagan natija deb qabul qilmadi. Leknin, nisbatan oddiyroq «Valyekano» qarshiligini sindira olmaslik, barchani g‘azabini keltirdi.



Ayni paytda, «Barselona»ni kim boshqarishi haqidagi savol ko‘pchilikni o‘ylantirib turibdi. Bu Xavi bo‘ladi yoki yo‘q. Ispan klubi afsonasi uzoq vaqtdan beri murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Xavi aqlli futbolchi edi va ko‘pchilik bu uning muvaffaqiyatli murabbiy bo‘lishiga ham yordam berishi kerak deb hisoblaydi. Ochig‘ini aytganda, sobiq futbolchining Kataloniya klubidagi muvaffaqiyatli faoliyatini taxmin qila olmaydi. Kimdir allaqachon «As-Sadda»dagi erishgan yutuqlari bilan Xavining murabbiylik qobiliyati yuqori ekanligini isbotlamoqchi. Biroq, bu yechimning javobi emasdek ko‘rinadi. Sababi, Qatar chempionatining saviyasini, La Liga bilan taqqoslaganda, saviya jihatdan juda ham past musobaqa ekanligi ko‘rinib qoladi.

«Barselona» muxlislari Xavini klubida murabbiylik faoliyatini olib borishni jindan ham xohlamoqda. Bu ajoyib futbol ertagi bo‘lishi mumkin, ya’ni yangi Xosep Gvardiolani topishga urinish. Biroq, bu juda katta xavf. «Barselona» ayni paytda jamoa sifatida butunlay qulasharafasida va chuqur inqirozni boshdan kechirmoqda. Bunday vaziyatda jiddiy tajribaga ega bo‘lmagan yosh mutaxassisga ishonish ruletka o‘yinidir.



Biroq, Xavining «Barselona»ga kelishining muhim plyus tomoni bor. Ya’ni, kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli og‘ir, yosh mutaxassis o‘z tug‘ilgan klubidan katta maoshga ega shartnoma talab qilishi dargumon. Boshqa har qanday kuchli murabbiy «Barselona»ning moliyaviy ahvoli haqida qayg‘urmaydi, balki shartnomada belgilanajak maosh haqida so‘raydi.

Agar «Barselona» hali ham afsonani emas, balki jamoani yana yuqoriga olib chiqa oladigan kuchli murabbiyni tanlasa, Xaviga e’tibor qaratmaslik qaramaslik kerak. Mish-mishlar orasida, «Ayaks» ustozi Erik ten Xag nomi ham keltirilmoqda. Haqiqatdan ham. ushbu mutaxassis salohiyati «Ayaks» darajasidan ancha yuqori ekanligi namoyon bo‘lmoqda. Uning katta jamoalarda, ayniqsa La Ligada ko‘rish esa ko‘pchilikka qiziq tuyulishi mumkin. Qolaversa, aynan u Frenki de Yong bilan ishlagan va uning o‘yinini butun dunyoga ochib bergan.



Balki, omadsiz mavsumining oxirigacha kutib, yozda «Liverpul» ustozi Yurgen Kloppni ham taklif qilish mumkin. Chunki, OAV orqali keltirilayotgan nomzodlar orasida, nemis mutaxassisi nomi ham bor. Kloppning ispan klubiga o‘tishiga yana bir sabab, u APLdagi deyarli barcha sovrinni qo‘lga kiritdi, hatto Yevropa maydonlarida ham mersisaydliklar bilan muvaffaqiyat qozona oldi. Shu sabab, La Liga varianti Yurgen uchun ham qiziq uyulishi mumkin.

«Barselona» «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardoni taklif qilishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan. Argentina murabbiylik maktabi so‘nggi yillarda juda ham rivojlanayotganini hisobga olsak, bu ham qiziqarli variant bo‘ladi. Shuningdek, ushbu murabbiy allaqachon Janubiy Amerika qit’asidagi hamma sovrinlarni qo‘lga kiritganini ham  e’tirof etish kerak.  Har holda, Libertadores kubogida g‘alaba qozonish, Qatar chempionatida muvaffaqiyatga erishishdan ko‘ra yaxshiroq, chamamizda.



Shunga qaramay, «Barselona» Xavini murabbiy sifatida tayinlash haqida o‘ylayapti, shekilli. Bir necha soat avval og‘zaki kelishuv haqidagi xabarlar tarqaldi. Ammo, bu qaror murabbiyning saviyasiga qarab emas, balki ko‘pchilikning orzusiga qarab qabul qilingan qaror bo‘ladi. Boshqa tomondan esa bu ajoyib yarimhimoyachi haqiqatan ham zo‘r murabbiymi, yoki boshqami, degan savol qiziq tuyuladi.



Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 19:16, 28.10.2021.
O'qildi: 6510 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.