Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kumanning iste’fosi haqidagi qaror samolyotda qabul qilindi

Kumanning iste’fosi haqidagi qaror samolyotda qabul qilindi

Baho:
+ | -

"Barselona" rahbariyati kecha bosh murabbiy Ronald Kumanni ishdan bo‘shatdi. Iste’fo haqidagi qaror samolyotda qabul qilingan.

Jamoa "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab (0:1), samolyotda ortda qaytayotganida Laporta boshqaruv kengashi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi va murabbiy bilan shartnomani bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda "Diario Sport" xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar prezidenti samolyotga o‘tirayotganida juda g‘azabda bo‘lgan.  Samolyot yerga qo‘nishi bilan Kumanga iste’foga chiqarilganini va ertalabki mashg‘ulotni u o‘tkazmasligini ma’lum qilishgan.

Ronald 2020 yilning avgust oyidan buyon "Barselona"ni boshqarib kelayotgandi. "Ko‘k-anorranglilar" niderlandiyalik mutaxassis qo‘lostida Ispaniya kubogida g‘olib chiqishdi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 21:40, 28.10.2021.
O'qildi: 7304 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик