Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superligada joriy mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchi kim?

Superligada joriy mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchi kim?

Baho:
+ | -

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan bahsda “Paxtakor” tarkibida zaxiradan maydonga tushgan Muhammadali O‘rinboyev (16 yosh 183 kun) joriy mavsumda elitada to‘p tepgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.

Shu o‘rinda Muhammadali “Navbahor” tarkibida to‘p tepayotgan Zabihillo O‘rinboyevning ukasi ekanligini muxlislarga bildirish maqsadga muvofiq.

O‘zbekiston milliy chempionatlari tarixiga nazar solsak, elitada eng yosh maydonga tushgan futbolchi hozirgi kunga qadar Shavkat Salomov (15 yosh 152 kun) bo‘lib turibdi. U 2001 yil “Buxoro” tarkibida debyut qilgan mavsumda bunga erishgan bo‘lib, oliy ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchilar orasida debyut mavsumda eng ko‘p (18) o‘yin o‘tkazgan ham hisoblanadi.
Salomovning rekordi bunchalik uzoq davom etishiga 2010 yildan boshlab musobaqalarni o‘tkazish reglamentida elitada maydonga tushadigan futbolchilar 16 yoshga to‘lgan bo‘lishi bo‘yicha band kiritilganligini ta’kidlash joiz.

Manba: Telegram.me/UzbFootballstat
Kiritildi: 09:31, 29.10.2021.
O'qildi: 3469 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик