Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Xavi 2020 yildayoq «Barselona» murabbiyi bo‘lishi mumkin edi

Xavi 2020 yildayoq «Barselona» murabbiyi bo‘lishi mumkin edi

Baho:
+ | -

«Rayo Valekano»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Barsa» Ronald Kumanni iste’foga chiqardi va uzoq vaqtdan beri orzu qilgan «B» rejasini faollashtirdi. Jamoani endi Xavi boshqarishi aytilmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, 41 yoshli ispaniyalik allaqachon «Barsa»ni boshqarishga rozi bo‘lgan. Ammo hal qilinishi kerak bo‘lgan bir nechta muammolar bor.

Birinchidan, Xavini «As-Sadd» oldidagi majburiyatlardan ozod qilish masalasini hal qilish. Sport.es xabariga ko‘ra, Xavining «As-Sadd»ni tark etishi uchun tovon puli 1 million yevroni tashkil qiladi.

Ikkinchidan, Kataloniya klubi Xavining murabbiylar shtabi va azolarining maoshi borasida kelishib olishi kerak. O‘sha Sport.es xabariga ko‘ra, Xavi bilan birga «Ac-Sadd»da ishlagan shtab a’zolari: Xavining akasi Oskar, Serxio Allegrining yordamchisi va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Ivan Torres ham keladi.

«Barsa»ning Xaviga birinchi jiddiy qiziqishi Xosep Bartomeu davrida boshlangan. 2020 yilning yanvarida rahbariyat nihoyat Ernesto Valverdening ishidan qoniqishni to‘xtatdi va «Barsa» Xavi bilan muzokaralarni boshladi. 10 yanvar kuni Kataloniya bosh direktori Oskar Grau va sport direktori Erik Abidal Dohada 39 yoshli futbolchi bilan uchrashib, ehtimoliy tayinlanish masalasini muhokama qilishdi.

12 yanvar kuni Xavi «Barselona»ni boshqarishga tayyorligini aytdi, ammo muzokaralar shu kuni yakuniga etdi.
Qandaydir sabab muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xavi ular haqida quyidagicha fikr bildirdi: «Men Erik Abidal va Oskar Grau orqali «Barselona»dan taklif oldim, lekin qabul qilmadim. Murabbiylik faoliyatim uchun hali erta, lekin baribir «Barselona» murabbiyi bo‘lishni orzu qilaman».

Abidal o‘zini «Barsa» Xaviga umuman qiziqmayotgandek ko‘rsatdi. Fransiyalik futbolchi: «Hech qanday taklif bo‘lmagan. Xavida bor bo‘lsa ko‘rsatsin chunki men ko‘rmaganman. Birinchi uchrashuvda u bizni tingladi, ikkinchi uchrashuvda esa Xavi o‘z rejasi haqida aytib berishga majbur bo‘ldi», degan edi Abidal.

Katta ehtimol bilan, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga Xavining «Barselona»ga 8 ta shart qo‘ygani sabab bo‘lgan. Ulardan asosiylari: sport bo‘limi ustidan maksimal nazorat, yoshlar jamoalari va akademiyalarining ustidan nazorat, klubda tibbiyot tizimini isloh qilish. Xavi ham murabbiylar shtabida Oskarning akasini ko‘rishni va Puyolni klubga qaytarishni xohlagan (garchi qaysi rolda ekanligi aniq emas). Qishda klub Xaviga bunday nazoratni berishga tayyor emas edi, ammo Laporta boshchiligidagi yangi rahbariyat imkon qadar afsonaning iltimoslarini bajarishga ahd qilgan ko‘rinadi.

Xavi prezidentlik poygasining bir qismi edi, uning raqibi Laporta kampaniyani uning nomidan qurayotgan edi.
Olti oydan so‘ng Xavining tayinlanishi mavzusi yana yangilandi. «Barselona» futbolchilari 2020 yilning yozida Xavini bosh murabbiy sifatida ko‘rishni istashdi va jamoada uning nomzodini ilgari surishdi.

Xavi Laportaning prezidentlik poygasidagi raqibi Viktor Font uchun birinchi tanlov edi. 2020 yil dekabr oyi oxirida u saylovda g‘alaba qozonsa, Xavi «Barselona» bosh menejeri, Jordi Kroyff (Yoxan Kroyffning o‘g‘li) esa sport direktori lavozimini egallashini e’lon qildi.

Ammo Laporta va Xavi o‘rtasidagi munosabatlar prezidentlik kampaniyasidan so‘ng sovuqlashdi (Catalunya Radio insider). Ammo oktyabr oyi boshidayoq «Barsa» prezidenti afsona bilan aloqada bo‘lgan edi masalan, u nima uchun Kumanga ikkinchi imkoniyat berayotganini tushuntirdi. O‘shanda Laporta va uning atrofidagilar to‘g‘ri sabr-toqat va jarohat olgan futbolchilar erta qaytishi bilan niderlandiyalik futbolchi «Barsa»ni rivojlantirib, chempionlik uchun kurasha olishiga ishonchi komil edi.

Xavi Laporta bilan aloqada bo‘lganiga qaramay, bosh murabbiy Kuman ishdan bo‘shatilmagunicha «Barsa» bilan muzokara olib bormasligini ta’kidladi, deb xabar beradi Ispaniyaning Marca nashri.

Xavi amaldagi murabbiy «orqasidan» olib borilgan muzokaralarni hurmatsizlik deb hisobladi, shekilli, 2020 yilning qishida Xavi bilan yashirin muzokaralardan nihoyatda g‘azablangan Valverde bilan bog‘liq vaziyatdan xulosa chiqardi.

Qizig‘i shundaki, «As-Sadd» may oyida Xavi bilan shartnomasi uzaytirilganda murabbiy «Barselona»ga bemalol ketishi mumkin bo‘lgan bandni olib tashladi. Avvalgi kelishuvga ko‘ra, «Barsa» taklifi bilan shartnoma bir tomonlama bekor qilinishi mumkin edi. Ko‘rinishidan, qatarliklar «Barsa» tez orada Xavi yordamiga muhtoj bo‘lishini taxmin qilishgan va 1 million yevro tovon puli belgilashgan.

«As-Sadd» 2020/21 yilgi mavsumda Qatar chempioni bo‘ldi. Klub Qatar chempionatida ketma-ket 34 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. Klub rekordi allaqachon yangilandi va liga rekordidan ularni 7 uchrashuv ajratib turibdi.

Xavi o‘z jamoasiga foyda keltira oladimi, bu juda qiziq.

Futbolni seving, «Barselona»ni seving!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:30, 29.10.2021.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.