Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

APL. Vardi sevimli jamoasiga qarshi, «Arsenal» 6 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti (prevyu)

APL. Vardi sevimli jamoasiga qarshi, «Arsenal» 6 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premer-Ligasi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarni «Lester» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs boshlab beradi.

Mazkur o‘yindan oldin qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Lester» hujumchisi Jeymi Vardi musobaqada boshqa jamoalarga nisbatan «Arsenal» darvozasini ko‘proq nishonga olgan - 11 gol. Faqatgina Ueyn Runi futbolchilik faoliyati davomida «to‘pchilar» darvozasiga Vardidan ko‘ra ko‘proq yo‘l (12) topa olgan.

Premyer-Ligada 1995 va 2018 yillar davomida «Arsenal»ga qarshi 22 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyadan keyin, «Lester» musobaqada oxirgi 7 o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozongan (1 durang, 2 mag‘lubiyat).

«Arsenal» forvardi Per-Emerik Obameyang APLdagi oxirgi 6 o‘yinida 5 ta golli vaziyatlarda qatnashgan (4 gol, 1 assist). Shunday bo‘lsada, uning barcha gollari uy uchrashuvlarida kiritilgan. Obameyangning safarda kiritgan so‘nggi bo‘lib turgan goli may oyida «Nyukasl» bilan o‘yinda bo‘lgan edi.

21 va undan kichik yoshdagi APLda faoliyat olib borayotgan 4 o‘yinchi ushbu mavsum 10 va undan ko‘proq golli vaziyat yaratgan. Ulardan ikkitasi «Arsenal» futbolchilari - Emil Smit Rou (13) hamda Bukayo Saka (14) hisoblanadi. Smit Rou oxirgi 4 APL o‘yinida ikki marta assist qayd etganini ham ta’kidlash kerak.

Bugungi uchrashuvda «Arsenal» ustozi Mikel Arteta va «Lester»ni boshqarayotgan Brendan Rojers taxminiga ko‘ra quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushiradi.

Taxminiy tarkiblar

«Lester»: Shmeyxel, Amarti, Evans, Soyunju, Bertran, Sumare, Tilemans, Kastan, Meddison, Vardi, Ixeanacho.

«Arsenal»: Remzdeyl, Tomiyasu, Uayt, Magalyayesh, Tavares, Parti, Lokonga, Saka, Lyakazett, Rou, Obameyang.

«Lester» safida jarohat olgan futbolchilar orasida Mark Olbrayton, Jeyms Jastin, Uildfrid Ndidi, Uesli Fofana, Rikardo Perreyra kabi o‘yinchilar bor. Vardi ham to‘liq jarohatidan tiklanib ulgurmagan bo‘lsa ham asosiy tarkibda tushishi mumkin.

«Arsenal» safida to‘liq sport formada bo‘lmagan va tayyor emas futbolchilar yetarli. Ular Pablo Mari, Kiran Tirni, Martin Edegor, Benjamin Uayt. Granit Jakada esa jarohat mavjud. Tirni maydonga tushmasa, uning o‘rniga Nunu Tavares o‘ynash ehtimoli yuqori.

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Maykl Oliver

Qanot hakamlari: Simon Bennett, Den Robatan

To‘rtinchi hakam: Robert Jons

VAR: Jarred Jillet

VAR yordamchisi: Shon Messi-Ellis.

Raqamlar

«Lester»ning oxirgi 5 o‘yinida o‘rtacha 2,5tadan ko‘proq gol urilgan (Premyer-Liga).

«Tulkilar» APLdagi so‘nggi 4 uchrashuvida kamida ikkitadan gol urishga erishgan.

«Arsenal» Angliya chempionatida 6 bahsdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda.

Tomonlar APLda o‘zaro 30 marta to‘qnash kelishgan. «Arsenal» 17, «Lester» esa 5 marotaba g‘alabaga erishgan.

Jamoalarning APLdagi so‘nggi uchrashuvida «Lester» o‘z maydonida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Bahs joriy yilning 28 fevral kuni o‘tkazilgan.

Ayni vaqtda Rojers shogirdlari APL musobaqasi jadvalida to‘qqizinchi, Arteta jamoasi esa 10-o‘rinda borishmoqda. Har ikkala klub hisobida 14 ochko bor va to‘plar nisbatiga ko‘ra, «tulkilar» oldinda.

Eslatib o‘tamiz, "King Power" stadionida o‘tadigan bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:50, 30.10.2021.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.