Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Mikel Arteta va Timoti Kastan «Lester» - «Arsenal» uchrashuvidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi

Mikel Arteta va Timoti Kastan «Lester» - «Arsenal» uchrashuvidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi

Baho:
+ | -

«Lester» o‘ng qanot himoyachisi Timoti Kastan Angliya Premyer-Ligasi 10-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi bahsdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu - biz uchun katta o‘yin. O‘tgan mavsum uy uchrashuvimizda «Arsenal»ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandik. Shunday ekan, shu narsa hali ham esimizda. Ular juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda. Mavsum boshida bir qator qiyinchilikka duch kelishganini bilaman, ammo ular hozirda ancha yaxshi o‘ynashmoqda. Ularda saviya mavjud va juda ko‘p yugurishadi. Bu jihat ularni yanada xavfliroq qiladi.

Biz buni inobatga olgan holda o‘z mahoratimizni ko‘rsatishimiz kerak. "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘ynaganimizdek, ularni ham yaxshi jamoa ekanliklarini hisobga olishimiz, ammo to‘p bizda bo‘lganida ular bizni to‘xtatish uchun o‘ylashga majbur etishimiz lozim. O‘zz o‘yinimizni ko‘rsata olsak va himoyada kuchli harakat qilsak, bizda ajoyib imkoniyat bo‘ladi".

Garchi «tulkilar» safida 1 yildan ortiq vaqt davomida harakat qilayotgan bo‘lsa ham, 2021/2022 yilgi mavsum Kastan uchun muxlislar qurshovidagi "King Pover" stadionida ilk marta o‘ynash imkoniyatini bermoqda.

"Bu juda ajoyib bo‘ladi. Ular har doim «Lester» muxlislari yaxshi atmosfera yarata olishani aytib kelishgan va shunday muhitda o‘ynay olish imkoniyatiga ega bo‘layotganim men uchun yoqimli. Shunisi aniqki, muxlislarning stadionga qaytishi safar uchrashuvlarini biroz og‘ir o‘tishiga olib keladi, ammo boshqa klublar "King Pover" stadioniga tashrif buyurishganida shunday gaplarni aytishadi. Joriy mavsum ularning stadionga qaytishi ham uy, ham safar o‘yinlarida biz uchun zo‘r".

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Lester»ga qarshi safar o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Ikkala jamoa ham shu o‘yinda yutishga harakat qiladi. Ikkalamiz ham qiyin o‘yin bo‘lishini bilamiz. Ularga qarshi o‘ynash bo‘yicha tajribamiz bor va mazkur bahs uchun imkon qadar eng yaxshi usulda tayyorgarlik olib boramiz.

Raqib turli xil ko‘rinishda o‘ynay oladi. Ular hurmat qiladigan bir qancha qadriyatlar bor. O‘ylaymanki, Brendan klubda katta ishlarni amalga oshirdi va biz yana o‘z o‘yinlari orqali turli xil o‘yinlari orqali bizga qiyinchilik olib keladigan jamoaga qarshi to‘qnash kelamiz.

Bu hafta ikkalamiz ham 90 daqiqa o‘ynadik, penaltilarni hisobga olmaganda. Lidsda APLdagi eng tajovuz o‘ynaydigan jamoaga qarshi o‘ynadik va hozir qayta tiklandik va keyingisi uchun tayyorman".

Manba: premierleague.com
Kiritildi: 08:34, 30.10.2021.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.