Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Yangilangan trasferlar reytingini ko‘rdingizmi? Yoxud 100 million yevrodan qimmat top-8 futbolchi

Yangilangan trasferlar reytingini ko‘rdingizmi? Yoxud 100 million yevrodan qimmat top-8 futbolchi

Baho:
+ | -

Transfer bozori hech qachon barqaror bo‘lmaydi. Sababi, o‘yinchilar narxi tez-tez o‘zgarishi mumkin. Bu futbolchining muvaffaqiyati, uning jamoadagi roli, qo‘lga kiritgan sovrinlari va boshqa ko‘p narsalarga bog‘liq. Transfermarkt portali muntazam ravishda futbolchilarning qiymatini yangilab turadi, bu bir necha kun oldin ham o‘zgargan. Hozir esa «Stadion.uz» nashri dunyoning 100 million yevro va undan yuqori narxga qiymatlangan eng qimmat 8 nafar futbolchi haqida ma’lumot beradi.

Kevin De Bryuyne
Klub: «Manchester Siti»
Yoshi: 30 yosh
Transfer narxi: 100 million yevro



De Bryuyne doimiy ravishda yuqori o‘rinlardan joy olib kelmoqda. 2018 yilning mayidan 2020 yilning apreligacha futbolchining transfer qiymati 150 million yevroni tashkil qilgan. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich edi. Hozirga kelib belgiyalik futbolchining narxi 50 millionga arzonlashgan, ammo baribir bizning reytingdan o‘rin oldish uchun yetarli bo‘ldi. May oyidan beri yarimhimoyachining hozirgi narxi o‘zgarmadi. Ayni damda De Bryuyne dunyoning eng qimmat hujumkor yarimhimoyachisi va «Manchester Siti»ning narxi baland futbolchilaridan biridir. Qolaversa, Premyer-ligadagi eng qimmat besh futbolchidan biri hisoblanadi. Belgiyalik futbolchi malum muddat shunday reytinglarda qolishiga shubha yo‘q.

Neymar
Klub: «PSJ»
Yoshi: 29 yosh
Transfer narxi: 100 million yevro



So‘nggi paytlarda Neymarning transfer narxi asta-sekin pasayib bormoqda. 2017 yilning oktyabridan 2019 yilning dekabrigacha braziliyalik futbolchi 180 million yevroga baholangan. Bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘shandan beri futbolchi muntazam ravishda, qiymatini yo‘qotib kelmoqda. May oyidan beri «PSJ» vingeri yana 10 millionga arzonlashdi, ammo bu uning yuqori pog‘onada qolishiga to‘sqinlik qilmayapti. Ayni damda Neymar eng qimmat braziliyalik futbolchi hisoblansa, «PSJ» va Liga 1 musobaqasida bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

Muhammad Saloh
Klub: «Liverpul»
Yoshi: 29 yosh
Transfer narxi: 100 million yevro



Salohning narxi bu ro‘yxatga kirishdan oldin, 10 million yevroga arzonlashdi. Ammo keyingi reytingda misrlikning hozirgi ko‘rsatkichi qanday shaklda ekanligidan kelib chiqib, yaxshilanishi mumkin. Ehtimol, «qizillar» vingeri 2018 yilning mayidan 2020 yilning apreligacha bo‘lgan muddatgi summaga qaytishi mumkin. O‘shanda futbolchi 150 million yevroga baholangan va bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo, hozir ham Saloh «Liverpul» Premyer-liganing eng qimmat o‘yinchilaridan biri. Bundan tashqari, Neymar bilan birga 1992 yilda tug‘ilgan futbolchilar reytingida yetakchilik qilmoqda.

Romelu Lukaku
Klub: «Chelsi»
Yoshi: 28 yosh
Bozor qiymati: 100 million yevro



«Inter»ni tark etgach, Lukakuning narxi 10 million pastladi. Ammo aynan «neradzurrilar» safidagi o‘yinlari evaziga belgiyalik futbolchi 100 millionga qimmatlashgan, bu uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Hujumchining avvalgi transfer rekordi 2019 yilning dekabrida o‘rnatilgan edi. O‘shanda futbolchi 90 million yevroga baholangan. Hozirda Romelu «Chelsi»ning birinchi, dunyoning to‘rtinchi eng qimmat markaziy hujumchisi va Premyer-ligadagi eng qimmat besh futbolchidan biri. Bundan tashqari, Lukaku De Bryuyne bilan birga Belgiya terma jamoasining eng narxi baland futbolchilari sanaladi. Keling, «Chelsi»dagi o‘yinlarda hujumchining transfer narxi qanday o‘zgarishini ko‘ramiz.

Jek Grilish
Klub: «Manchester Siti»
Yoshi: 26 yosh
Transfer narxi: 100 million yevro

Grilishning hozirgi bozor qiymati uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Oxirgi o‘zgarishdan beri «Manchester Siti» vingeri 35 million yevroga qimmatlashdi. Jek ayni damda Kevin De Bryuyne bilan birga «shaharliklar»ning eng qimmat futbolchisi bo‘lsa, ingliz futbolchilari orasida ikkinchi o‘rindan joy olgan. Shuningdek, u Premyer-liganing eng qimmat besh futbolchisidan biri hisoblanadi. Yozda «Manchester Siti» Grilishni «Aston Villa»dan 117 million yevro evaziga sotib oldi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, «shaharliklar» vinger uchun ortiqcha pul to‘lagan. Haqiqatan ham u yangi klubdagi faoliyatini juda yorqin boshlagani yo‘q, ammo bu fikrlarni o‘zgartirish uchun Jekda vaqt yetarlicha.

Harri Keyn
Klub: «Tottenxem»
Yoshi: 28 yosh
Transfer narxi: 120 million yevro



2020 yil aprelidan beri, Keynning narxi o‘zgarishsiz qolmoqda va shuning uchun ham dunyodagi eng qimmat futbolchilar uchligidan o‘rin oldi. 2018 yilning mayidan 2020 yilning apreligacha hujumchi 150 millionga baholangandi. Harri hozirda «Tottenxem», Premyer-liga, Angliya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Shuningdek, Keyn dunyo reytingida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha markaziy hujumchi. Joriy mavsumgi Premyer-liganing sakkiz o‘yinidagi bitta gol 120 million yevrolik hujumchining narxi emasdir. Ammo, kim biladi, ehtimol Harri tez orada odatdagi darajasiga qaytar?!


Erling Holand
Klub: Borussiya Dortmund
Yoshi: 21 yil
Transfer narxi: 150 million yevro

Holand doimiy ravishda o‘yinda ham, transfer qiymatida ham o‘sishga erishmoqda. Yaqinda o‘zgargan narxlarga ko‘ra, hujumchi yana 20 million yevroga qimmatlashgan. Futbolchining hozirgi qiymati uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Erling hozirda «Borussiya Dortmund», Bundesliga va Norvegiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi bo‘lsa, dunyodagi ikkinchi eng qimmat markaziy hujumchi hisoblanadi. Holandning kelajagi buyuk ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Navbatdagi mavsumning asosiy intrigalaridan biri yosh hujumchi faoliyatini qayerda davom ettirishidir.

Kilian Mbappe
Klub: «PSJ»
Yoshi: 22 yosh
Transfer narxi: 160 million yevro



Holanddan farqli o‘laroq, Mbappe hamon shu yilning may oyida belgilangan transfer qiymatida qolmoqda. Bundan tashqari, bu eng yuqori ko‘rsatkichi emas. 2018 yilning dekabridan 2020 yilning apreligacha hujumchi 200 million yevroga baholangan edi. 40 million yo‘qotganiga qaramay, Kilian hozirda «PSJ», Liga 1 va Fransiya terma jamoasi, eng qimmat markaziy hujumchi va shunga mos ravishda dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. Hozircha bu reytingda Mbappe peshqadamlik qilmoqda, ammo uning Holand timsolidagi jiddiy raqibi bor. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yigitlar Ronaldu va Messi davridan keyin, uzoq yillar «Oltin to‘p» uchun kurashda asosiy raqib bo‘lishadi. Ko‘ramiz. Hozircha hamma narsa bunga ishora qilmoqda.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 17:37, 30.10.2021.
O'qildi: 7064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.