APLning 10-turi doirasida davom etayotgan "Lester" – "Arsenal" bahsida mehmonlarning yosh iqtidorli futbolchisi Bukayo Saka yubiley o‘yinini o‘tkazmoqda.
20 yoshli angliyalik hujumchi uchun ayni damda davom etayotgan bahs 100-uchrashuv bo‘ldi.
"Bugun "Arsenal"da 100-o‘yinimni o‘tkazishimdan juda faxrlanaman. Bu o‘yin uzoq vaqt esda qolishini istayman”, - degan Saka o‘yindan avval “kanonirlar” matbuot xizmatiga.
U jamoa uchun 99 o‘yinda jami 13ta gol urgan va 22 golga assistentlik qilgan.