Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 18:00 Vengriya 1-3 Shveysariya
15/06 20:00 Neftchi 1-1 Surxon
15/06 20:00 Qizilqum 3-3 Andijon
15/06 21:00 Ispaniya 3-0 Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya 2-1 Albaniya
16/06 18:00 Polsha - Niderlandiya
16/06 20:00 So‘g‘diyona - Nasaf
16/06 20:00 Paxtakor - Navbahor
16/06 21:00 Sloveniya - Daniya
16/06 23:59 Serbiya - Angliya
17/06 18:00 Ruminiya - Ukraina
17/06 20:00 Lokomotiv - Dinamo
17/06 20:00 Olimpik - OKMK
17/06 21:00 Belgiya - Slovakiya
17/06 23:59 Avstriya - Fransiya

Anri uchun faoliyatidagi eng kuchli jamoadoshi kim? — u Messi emas

Anri uchun faoliyatidagi eng kuchli jamoadoshi kim? — u Messi emas

Baho:
+ | -

Mashhur sobiq futbolchi Tyerri Anri o‘zining professional faoliyati davomidagi eng kuchli futbolchilar bilan birga o‘ynagan.

«Barselona»da Lionel Messi bilan harakat qilishdan tashqari 2000 yillarning boshidan o‘rtalarigacha Zinedin Zidanning g‘ayritabiiy ijodiga ham qaysidir ma’noda o‘z hissasini qo‘shgan.

Biroq shunga qaramay, undan shu paytgacha bo‘lgan eng zo‘r jamoadoshi kim ekanligini so‘rashganda, javob berishga qiynalgan. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, u Messi. Biroq Tyerrining xulosasi boshqacharoq. U «Arsenal»dagi sobiq jamoadoshi Denis Bergkampning salohiyatiga yuqori baho beradi.

Anri 1999 yilda «Arsenal»ga kelganida, tez orada Dennis Bergkamp timsolida o‘zi uchun futbolga xos mo‘’jizani kashf qildi.

Ushbu juftlik keyinchalik hujumda fantastik natijalar qayd etgani barchaning esida. O‘shanda Anri to‘purarlik rolini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, Bergkamp assistentlik vazifasini qoyilmaqom tarzda uddalagan.

O‘zining ajib xotiralarini eslab, Tyerri hech ikkilanmasdan Dennis Bergkampni u bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi ekanligini tan oldi.

Bergkamp 1995 yilda «Arsenal» bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, to‘rt yildan so‘ng bu safga Anri ham qo‘shiladi. U avval «Monako»da Arsen Venger qo‘l ostida ishlagan.

«Ayaks»ning sobiq futbolchisi 2006 yilda faoliyatini yakunladi. U  «Arsenal» safida 11 yil davomida harakat qildi. Bergkampning 2002 yili «Nyukasl» darvozasiga urgan goli 2017 yilda Premyer-liga tarixidagi barcha davrlarning eng chiroyli goli deb topilgan.

Anri va Bergkamp «Arsenal»da birgalikda ikkita Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishadi. Shuningdek, «Emereyts»da yetti yil davomida uch marta Angliya kubogi ham bu yigitlar tomonidan qo‘lga kiritilgan.

Fransuz oxir-oqibat 2007 yili Shimoliy London klubini tark etib, «Barselona»ga o‘tishga qaror qiladi.

Ushbu transfer amalga oshgach, fransuz Messi va Samuel Eto'Olar bilan birga qo‘rqinchli triolardan biriga aylandi.

Pep Gvardiola kelganidan so‘ng, «Barsa» 2009 yilgi Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. Bu ko‘p jihatdan yuqoridagi futbolchilarning keskin va to‘xtatib bo‘lmas hujumlari tufayli sodir bo‘lgan.

Messi o‘zining birinchi «Oltin to‘p»ini ham aynan o‘sha yilning oxirida qo‘lga kiritadi. Shu sababli Anri faoliyatidagi eng yaxshi partnyorlaridan biri sifatida Bergkamp bilan birga bemalol Messini ham qayd etsa, adolatdan bo‘lsa kerak.

Kiritildi: 21:09, 30.10.2021.
O'qildi: 8416 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.